calendar 28 Nov 13:10
eye 15
comments 0
comments Manba: daryo

“Tolibon” 2022-yilda qizlar uchun maktablar ochishni rejalashtirmoqda

image

Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon” 2022-yilda qizlar uchun maktablar ochishga va’da berdi, deb yozadi “Interfaks”.

Foto: Global Look Press

“Mamlakat bo‘ylab qizlar uchun maktablar yangi ta’lim rejasi tugaganidan keyin kelgusi yilda ochiladi”, — deya ma’lum qildi toliblar bosh vazir o‘rinbosari mavlaviy Abdul Kabir Turkiya elchisi Jihod Argin bilan uchrashuvda.

Kabirning so‘zlarini “Tolibon” rasmiy vakili Zabihulla Mujohid o‘z Twitter’ sahifasida keltirgan.

Kabirning aytishicha, ayollar mamlakatdagi turli muassasalarda, masalan pasport stoli, aeroport va sog‘liqni saqlash sohasida shuningdek, aksariyat viloyatlardagi maktablarda faoliyat olib bormoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Afg‘oniston barcha davlatlarning, ayniqsa Turkiyaning qo‘llab-quvvatlovi va hamkorligiga muhtoj. Toliblar Turkiyaning Afg‘onistonga ko‘proq sarmoya kiritishini istaydi”. Kabir Turkiya nodavlat tashkiloti TICA’ning Afg‘onistondagi faoliyatini yuqori baholagan.

O‘z navbatida, Turkiya elchisi uning mamlakati “Qizil yarim oy” tashkiloti orqali afg‘on qochqinlari va ichki ko‘chirilganlarga yordam ko‘rsatganini, yordam hali ham davom etayotganini aytgan

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra,Turkiya Afg‘oniston Qishloq xo‘jaligi vazirligini urug‘lik bilan ta’minlamoqchi. Shuningdek, Qandahor, Hirot viloyatlari va Kajaki tumanida Turkiya tomonidan moliyalashtirilgan qurilish loyihalari bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Bundan tashqari, Turkiya elchisi turk sarmoyadorlari Afg‘onistonga sarmoya kiritishdan manfaatdor ekanini, ulardan bir nechtasi kelasi haftada mamlakatga tashrif buyurishini ma’lum qilgan.

“Tolibon” mamlakatda yana hokimiyat tepasiga kelgan avgust oyida harakat matbuot kotibi Zabihulla Mujohid ayollarga “islom qonunlari doirasida” ishlash, o‘qish va jamiyat boshqaruvida ishtirok etishga ruxsat berilishini aytgan. Shu bilan birga, toliblarning shartlariga ko‘ra, Afg‘onistonda ayollarning barchasi hijob (paranji) kiyishi kerak bo‘ladi.

Keyinchalik Mujohid Afg‘onistondagi ishlaydigan ayollarni o‘z xavfsizligi uchun uydan chiqmaslikka chaqirgan. “Bizning xavfsizlik kuchlarimizga ayollar bilan qanday munosabatda bo‘lish, ular bilan qanday muloqot qilish haqida o‘rgatilmagan. Mamlakatda to‘liq xavfsizlik o‘rnatilmaguncha ayollardan uyda qolishini so‘raymiz ”, — degan harakat vakili.

Shuningdek, “Tolibon” ayollarga hukumat tarkibida lavozimlar berilmasligini ma’lum qilgan.

Sentabr oxirida Kobul universitetining “Tolibon” harakati tomonidan tayinlangan yangi rektori Muhammad Ashraf G‘ayrat ushbu oliygohda xotin-qizlarning dars berishi yoki ta’lim olishini taqiqladi. Keyinroq G‘ayrat taqiq doimiy emas, vaqtinchalik ekanini ma’lum qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Apr 03:36
 
7
0
xs.uz

AQSHning Tennessi shtatida otishma yuz berdi. Qurbonlar bor

AQSHning Tennessi shtatining Memfis shahridagi ziyofatda yuz bergan otishmada kamida ikki kishi halok boʻldi, yana 14 kishi yaralangan. Bu haqda shahar politsiyasi xabar berdi.Huquq-tartibot idorasi bayonotiga koʻra, hodisa ishtirokchilar ruxsati boʻlmagan koʻcha kechasida sodir boʻlgan. Umuman olganda, tadbirda 200-300 ga yaqin odam ishtirok etgan.'Politsiya voqea joyida besh nafar jabrlanuvchini aniq oʻq jarohatlari bilan topdi. Ulardan uchtasi ogʻir ahvolda mahalliy kasalxonalarga yetk

07 Mar 20:08
 
32
0
qalampir.uz

Yevropa Ittifoqi favqulodda sammit o‘tkazadi

Joriy yilning 17-18 aprel kunlari Bryusselda Yevropa Ittifoqining navbatdan tashqari sammiti o‘tkaziladi, uning mavzusi hozircha ochiqlanmagan. Bu haqda YeI kengashi matbuot xizmati xabar berdi. “17-18 aprel kunlari Ittifoqning Bryusseldagi binosida navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi”, deydi matbuot xizmati tafsilotlarni aniqlamagan holda. Ta’kidlash joizki, avvalroq Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlarining birinchi rasmiy sammiti 2024

07 Mar 20:08
 
43
0
qalampir.uz

Qozog‘istondagi chiqindi zavodida 37 nafar o‘zbekistonlik ushlandi

Qozog‘iston poytaxtidagi chiqindini qayta ishlash zavodida noqonuniy ishlab yurgan 37 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Bu haqda "Zakon.kz" xabar berdi. Qayd etilishicha, Qozog‘iston Respublikasi IIV Migratsiya xizmati qo‘mitasi kun davomida Ostonada 119 nafar noqonuniy mehnat muhojirini aniqlagan. Shuningdek, besh nafar xorijlik intim xizmatlarini ko‘rsatayotgani ma’lum bo‘lgan.  Jumladan, chiqindilarni qayta ishlash korxonasi hududida olib borilgan ishlar

11 Apr 13:56
 
30
0
qalampir.uz

Isroil hujumida HAMAS yetakchisining uch o‘g‘li halok bo‘ldi

HAMAS harakatining siyosiy qanoti yetakchisi Ismoil Xoniyaning uch o‘g‘li Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.   Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, zarba G‘azo yaqinidagi Ash-Shati qochoqlar lageriga berilgan. Zarba Isroil harbiylari tomonidan amalga oshirilgan. SAXAL bu ma’lumotga izoh bermadi. Xoniya Ramazon hayiti bayramida qochqinlar lageriga qarindoshlarinikiga borishi chog‘ida uning uch