Qirg'izistonda 3 nafar deputatlikka nomzod hibsga olindi    

image

Qirg'izistonda maxsus xizmatlar hokimiyatni zo'ravonlik yo'li bilan egallab olishga tayyorgarlik ko'rganlikda gumon qilingan deputatlikka uch nafar nomzodni qo'lga oldi. Bu haqda bugun, 28 noyabr kuni Qirg'iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imanqulov maʻlum qildi.

"Ularning qo'lga olingani haqidagi xabarlar haqiqatga to'g'ri keladi, hozirda ushbu fakt bo'yicha tergov harakatlari olib borilmoqda", deydi Imonqulov.

Xavfsizlik kengashi kotibi, shuningdek, "nomzodlarni buzg'unchi harakatlarga undaganlar" ham javobgarlikka tortilishi kerakligini taʻkidlagan. 

"Menimcha, bu yoshlarning aqli bunga yetmasdi, balki ularning ortida tashkilotchi bordir, mafkuraviy jihatdan kimdir hal qilgan bo'lsa kerak, hozir bu odamlarni aniqlash, ularni "toza suv"ga olib chiqish vazifasi turibdi", deydi Imonqulov.

Eslatib o'tamiz, Qirg'izistonda davlat to'ntarishi amalga oshirmoqchi bo'lgan guruh qo'lga olingan. Ularning orasida deputatlar va sobiq amaldorlar borligi aniqlangan.