calendar 28 Nov 09:51
eye 16
comments 0
comments Manba: zarnews

Germaniyada aholi qalbaki vaktsina bilan emlanayotgani aniqlandi

image

Nemis huquq-tartibot idoralari o'tgan shanba kuni Shlezvig-Golshteyndagi Lyubek aeroporti yaqinida olib borilayotgan noqonuniy emlashni to'xtatdi. Aniqlanishicha, u yerda odamlar tasdiqlanmagan vaktsina bilan emlangan, deyiladi Lyubek politsiya boshqarmasi bayonotida.

Nemis ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Lyubek aeroporti shifokor va tadbirkor Uinfrid Shtekerga tegishli bo'lib, u o'zining koronavirusga qarshi vaktsinasini ishlab chiqargan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlarining bayonotiga ko'ra, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 15:00 da kichik aeroport yaqinida 80 ga yaqin odam to'plangan, vaqt o'tishi bilan vaktsina qabul qiluvchilar soni ortib borgan.

Aniqlanishicha, "emlash foydalanish uchun ruxsat etilmagan vaktsina bilan amalga oshirilgan". Hatto buning uchun maxsus ofis ham tashkil etilgan.

Politsiya sodir bo'layotgan voqeani to'xtatgunga qadar taxminan 50 kishi ushbu vaktsinani olib ulgurgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 14:01
 
29
0
xs.uz

Suv toshqinlari tufayli Qozogʻistonning bir qator hududlarida favqulodda holat eʼlon qilindi

Qozogʻistonda yuz bergan suv toshqinlari tufayli mamlakatning Aqtoʻbe, Qoʻstanay, Gʻarbiy Qozogʻiston, Ulitau, Aqmola, Qaragʻanda, Atirau, Pavlodar va Shimoliy Qozogʻiston viloyatlarida favqulodda holat qayd etilgan.Bundan tashqari, mamlakatning 7 ta shahrida: Aqtoʻbe, Uralsk, Qoʻstanay, Arkaliq, Koʻkshetau, Temirtau va Petropavlovskda favqulodda holat saqlanib turibdi.Eslatib oʻtamiz, 6-aprel kuni davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev Qozogʻiston xalqiga toshqin tufayli yuzaga kelgan

11 Apr 13:56
 
27
0
qalampir.uz

Britaniyada banknotlarga Charlz III ning portreti tushirildi (Foto)

Buyuk Britaniya Qiroli Charlz III ga sovg‘a sifatida uning portreti tushirilgan banknotlar taqdim qilindi. Bu haqda Angliya banki xabar berdi. Bildirilishicha, Qirol portreti tushirilgan banknotalar ilk bor 5 iyunda muomalaga kiritiladi. Angliya banki direktori Endryu Beyli va bosh hisobchi Sara Jon Bukingem saroyida Qirolga uning surati tushirilgan birinchi banknotlarni sovg‘a qilgan. Bundan buyon yangi monarx muomaladagi barcha nominallarda – 5, 10, 20 va 50 funtlik banknotlar pay

07 Mar 20:08
 
48
0
qalampir.uz

NATO ittifoqchilari Rossiyaga qo‘shni davlatda harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi

NATOning “Steadfast Defender 24” mashqlari doirasida Polshaning Korzenevo viloyatida “Dragon 24” nomli harbiy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi bayonot berdi. Germaniya, Litva, Polsha, Sloveniya, Fransiya, Ispaniya, Turkiya, Buyuk Britaniya va AQSH harbiylari Polshaning Korzenevo viloyatida 4-5 mart kunlari bo‘lib o‘tgan harbiy mudofaa mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. NATOning yozma bayonotiga ko‘ra, ittifoqchilar mashqlar orq

08 Mar 09:41
 
52
0
qalampir.uz

AQSH elchisi Rossiya TIVga chaqirtirildi

Bugun, 7 mart kuni AQSHning Rossiyadagi elchisi Lin Treysi Rossiya TIVga chaqirtirilib, jiddiy ogohlantirilgan. Bu haqda Rossiya TIV bayonotiga tayanib, TASS xabar berdi. Qayd etilishicha, Amerika diplomatik missiyasi rahbari bugun Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan. Unga AQSHning uchta nodavlat notijorat tashkiloti Rossiya Federatsiyasida nomaqbul deb e’tirof etilgani haqida ma’lum qilingan. Bular elchixona ko‘magida amalga oshirilayotgan “Xalqaro ta’lim