calendar 26 Nov 12:21
eye 15
comments 0
comments Manba: xs

Toshkent viloyatida noqonuniy savdo bilan shugʻullanayotgan fuqarolarning faoliyatiga chek qoʻyildi 

image

Foto: Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

Toshkent viloyatida soliq qonunchiligi buzilishining oldini olish va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga chek qoʻyish maqsadida muntazam ravishda profilaktik tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda. Ammo olib borilayotgan targʻibot-tashviqot va profilaktik tadbirlarga qaramay, viloyatdagi bozorlar hududlari hamda boshqa joylarda ayrim fuqarolar tomonidan hamon yashirin va hujjatsiz tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish holatlari uchrab turibdi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati xabariga koʻra, viloyat boʻyicha kunlik narx-navoning koʻtarilib ketishi va oʻzgarishini oldini olish boʻyicha nazorat tadbirlari tashkil etilib, noqonuniy savdo bilan shugʻullanayotgan 8 nafar fuqarodan 198.077.5 ming. soʻmlik tovar moddiy boyliklari vaqtinchalik olib qoʻyilgan.

Zangiota tuman, Xoʻjalik mollari va Hunarmandlar savdo kompleksi MCHJ (chinni bozor) roʻparasida Zangiota tuman DSIning tegishli buyrugʻi asosida Qatortol hududi TXAY yoqasida fuqaro Yu.A. 1963-yil 27-aprelda Toshkent shahar Sergeli tumanida tugʻilgan fuqaro tomonidan xaridor Z.L.ga 21 tur 866 quti umumiy bahosi (8500 AQSH dollari) 92.000.0 ming. soʻmga hech qanday hujjatlarsiz chet el davlatlarida ishlab chiqarilgan dori mahsulotlarini sotayotgani aniqlanib dalolatnoma tuzilgan.

Bundan tashqari Qibray tumani, fuqaro T.O. hech qanday hujjatlarsiz, davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgani aniqlanib, fuqaro savdo gʻaznasida 1.700 ming.soʻm va 20 AQSH dollari pul mablagʻlari borligi hamda dalil sifatida jami 15 xil turdagi 65.567 ming.soʻmlik chorva ozuqasi mahsulotlari vaqtinchalik olib qoʻyilgan.

Zangiota tumani, Qatortol KFY, Dalaguzar MFY, X. Nugmon koʻchasi, 30-uyda oʻtkazilgan reyd tadbirida, fuqaro T.E hech qanday hujjatlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtmasdan kir yuvish kukuni qadoqlash sexi faoliyati bilan shugʻullangan. Tekshiruvda jami 7 turdagi, 488 dona, umumiy bahosi 14.262.5 ming.soʻmlik TMBlar olib qoʻyilgan.

Qibray tumani, fuqaro Sh.K. hech qanday hujjatlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgani aniqlanib, dalil sifatida jami 5.174.0 ming.soʻmlik shundan (193 shisha 3.14.4 ming.soʻmlik alkogol, 113 dona 1.760.0 ming.soʻmlik tamaki mahsulotlari) vaqtinchalik olib qoʻyilgan.

Yangiyoʻl tumani, fuqaro B.F. hech qanday hujjatlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullangan ashyoviy dalil sifatida 4-turdagi alkogol mahsulotlari jami 5.211.0 ming.soʻmlik TMBlar olib qoʻyilgan.

Olmaliq shahrida, fuqaro N.A. hech qanday hujjatlarsiz, davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullangan ashyoviy dalil sifatida 10 xil turdagi alkogol mahsulotlari jami 515.0 ming. soʻmlik TMBlar olib qoʻyilgan.

Chinoz tumani DSIning tegishli buyrugʻiga asosan oʻtkazilgan reyd tekshiruvida. fuqaro Q.N hech qanday tegishli hujjatlarsiz aholiga alkogol va tamaki mahsulotlari sotish bilan noqonuniy shugʻullanib kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida 9 turdagi umumiy qiymati 548,0 ming. soʻmlik alkogol va tamaki mahsulotlari vaqtincha olib qoʻyildi.

Toshkent tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida (41 turdagi 310 shisha umumiy qiymati 12.254.0 ming. soʻmlik alkogol mahsulotlari, 5 turdagi 125 dona umumiy qiymati 2.450 ming. soʻmlik pivo mahsulotlari hamda 1 turdagi 4 dona 96.0 ming. soʻmlik konyaklarining noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi) tegishli ruxsatnomasiz savdoga qoʻyilgani aniqlanib, hujjatlar rasmiylashtirildi. Jami 47 turdagi 439 dona umumiy qiymati 14.800 ming. soʻmlik Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan spirtli ichimliklar daliliy ashyo sifatida olib qoʻyildi.

Hozirda belgilangan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib jismoniy shaxslar tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish holatlari boʻyicha moliyaviy va maʼmuriy sanksiyalarni koʻllash choralari koʻriladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:07
 
39
0
postda.uz

13-fevral – Butunjahon radio kuni

Fan-texnika rivojlanib, texnologik kashfiyotlar imkoniyati yanada kengayib borayotgan hozirgi davrda radio insoniyat kundalik hayotining bir qismiga aylangan. Radio tinglovchini yangiliklaridan xabardor qilish, kerakli ma'lumotlarni yetkazish orqali dunyoning ko‘p sonli aholisini bir doira atrofida birlashtiradi. Bundan 80 yil avval kashf etilgan radio aloqa vositasi yillar davomida yanada takomillashib bordi. Turli ommaviy axborot vositalari ta'siri ostida ushbu aloqa-axborot vositasi ne

09 Mar 01:21
 
32
0
xs.uz

Zelenskiy bilan uchrashuvdan soʻng Erdogʻan Ukrainani qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan soʻng Anqara Kiyevni qoʻllab-quvvatlashda davom etish niyatida ekanini aytdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, tomonlar 'don kelishuvi' va Qora dengizdagi xavfsizlikni muhokama qilgan.'Men strategik hamkorimiz Ukrainaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini taʼkidladim. Mojaroning mintaqaviy va global oqibatlari kuchayib bormoqda', dedi Erdogʻan matbuot anjumanida.Turkiya prezidentining qoʻshimc

07 Mar 20:08
 
37
0
qalampir.uz

Tramp Baydenni debatga chaqirdi

Kecha, 6 mart kuni AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarning amaldagi yetakchisi Jo Baydenni debatga taklif qildi. U bu haqda Trurh Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi. "Jo Bayden va men Amerika va uning xalqi uchun juda muhim bo‘lgan masalalarni muhokama qilishimiz mamlakatimiz farovonligi uchun g‘oyat ahamiyatlidir. Shuning uchun men munozara o‘tkazishni talab qilaman. Istalgan vaqtda, istalgan joyda", deb yozgan Tramp. Jo Bayden

08 Mar 18:06
 
31
0
qalampir.uz

Putin Rossiyaning eng ishonchli ittifoqchisi qaysi davlat ekanini aytdi 

Serbiyaliklar asrlar davomida Rossiya Federatsiyasining ishonchli ittifoqchilari bo‘lib qolgan. Moskva buni biladi, eslaydi va qadrlaydi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 6 mart kuni Butunjahon yoshlar festivali ishtirokchilari bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi. "Rossiya va Serbiya o‘rtasidagi munosabatlar o‘ziga xos xususiyatga molik, ular chuqur tarixiy ildizlarga ega. Men bu haqda doim alohida iliqlik bilan so‘z ochaman, chunki asrlar davomida serblar Rossiyani