calendar 15 Nov 09:31
eye 13
comments 0
comments Manba: qalampir

Musayev uxlamay, uxlatmay ishlayapti. Vazir yarim tunda yig'ilish o'tkazgani rasman xabar qilindi

image
image

Joriy yilning 11 noyabr kuni Sog'liqni saqlash vaziri etib tayinlangan Behzod Musayev sohadagi muammolar ko'pligidan o'zi ham uxlamay, boshqalarni ham uxlatmay ishlayapti. Buni vazirlik Matbuot xizmati eʻlon qilgan rasmiy xabardan bilish mumkin.

Rasmiy xabarda aytilishicha, O'zbekiston yosh bolalar orasida o'tkir respirator kasalliklarning davriy ko'tarilishi kuzatilyapti va ushbu xastaliklarning eng yuqori ko'rsatkichi Toshkent shahri hissasiga to'g'ri kelyapti. Natijada poytaxtdagi bolalar klinik shifoxonalariga yuklamalar sezilarli ortgan. Shu sababli Sog'liqni saqlash vaziri Behzod Musayev boshchiligida ishchi guruh tuzilib, joriy yilning 13 noyabr kuni tunda poytaxt shifoxonalaridagi vaziyat o'rganilgan.

Shundan so'ng kecha, 14 noyabr tonggi soat 04:30 da Toshkent shahrida bolalar o'rtasida o'tkir respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog'liq muammolarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida Sog'liqni saqlash vaziri boshchiligida shoshilinch yig'ilish o'tkazilgan.

Natijada o'sha kunning o'zida o'rganish xulosalari tahlil qilinib, poytaxtdagi shifo maskanlarida 600 dan ziyod qo'shimcha o'rin-joylar tashkil etilgan hamda ona va bolalarga davolanishlari uchun yetarli sharoitlar yaratilgan.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 11 noyabr kuni Abduhakim Xojiboyev SSV rahbari lavozimidan ozod etilib, uning o'rniga asli mutaxassisligi iqtisodchi bo'lgan va muqaddam Davlat soliq qo'mitasiga bosh bo'lgan Behzod Musayev tayinlandi.

Abduhakim Xojiboyev esa oradan ko'p o'tmay O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi o'rinbosari etib tayinlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

06 Feb 05:01
 
41
0
xs.uz

Ijtimoiy sohalardagi vazifalar muhokama qilindi

Oʻzbekistonda ijtimoiy davlat qurish strategik maqsad etib belgilangan. Aholi turmushi uchun munosib sharoitlar yaratish, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish boʻyicha barcha choralar koʻrilmoqda.Oxirgi yetti yilda maktabgacha taʼlimda qamrov 27 foizdan 74 foizga yetdi. Yangi maktablar qurilib, qoʻshimcha 700 mingta oʻquvchi oʻrni yaratildi. Prezident maktablari tashkil etildi, ixtisoslashtirilgan maktablar koʻpaydi. Oliy oʻquv yurtlari soni 200 tada

06 Feb 05:01
 
30
0
xs.uz

“Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona” va “Elektron tibbiy karta” tizimlari ishga tushiriladi

Tuman, viloyat va respublika tashkilotlari 10 ga yaqin axborot tizimlarini ishlatayapti, lekin ularning hammasi ham bir-biriga bogʻlanmagan.Birlamchi boʻgʻin raqamlashmagani bois shifokor vaqtining uchdan ikki qismi hisobot toʻldirishga ketayapti.Shu munosabat bilan mutasaddilarga 'Elektron poliklinika', 'Elektron shifoxona' va 'Elektron tibbiy karta' tizimlarini ishga tushirish, kafolatlangan paketga kirgan dorilarni elektron retsept asosida berishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.

09 Feb 05:01
 
52
0
xs.uz

«Toshshahartrans» raisi qamoqqa olindi

Yunusobod tuman sudining 2024 yil 7 fevraldagi ajrimi bilan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o'rinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi A. D.ga nisbatan 'qamoqqa' olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilandi.

07 Mar 20:11
 
20
0
qalampir.uz

Surxondaryoda “zamhokim”ning ukasi xotinini o‘ldirib, murdasini ikki “Kamaz” tuproqqa bostirgani aytilmoqda

Surxondaryo viloyatida 34 yoshli ayol eri tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. Surxondaryo viloyati Bandixon tumani Obikor mahallasida yashovchi fuqaro 1990 yilda tug‘ilgan qizi, 3 nafar farzandning onasi T.F.ning fojiali o‘limi haqida yozib, “Ezgulik” jamiyatiga murojaat qilgan. Uning yozishicha, joriy yilning 6 fevral kuni qizi