calendar 21 Oct 17:11
eye 127
comments 0
comments Manba: daryo

Foto: Prezident saylovi arafasidagi O‘zbekiston

image

O‘zbekistonda 24-oktabr, yakshanba kuni Prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Unda Ekologik partiyadan Narzullo Oblomurodov, Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova, Liberal-demokratik partiyadan Shavkat Mirziyoyev, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Alisher Qodirov va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov nomzod sifatida ishtirok etadi.

O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlar va ularning tarjimayi holi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Saylov arafasida mamlakat shaharlari prezidentlikka nomzodlarning targ‘ibot materiallari bilan to‘lgan. “Daryo” O‘zbekistonning turli hududlari saylov oldidan qanday ko‘rinishga kirganini aks ettiruvchi fotolavhalarni taqdim etadi.

Qayd etish lozim, ushbu targ‘ibot materiallarining aksariyati 23-oktabr, shanba kuni olib tashlanadi, chunki Saylov kodeksining 44-moddasiga muvofiq, “saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi”.

Andijon viloyati

Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisovaning Andijon shahri, Islom Karimov ko‘chasidagi targ‘ibot banneri.

Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

Milliy tiklanish partiyasi nomzodi Alisher Qodirovning Andijon shahri, Bobur shoh ko‘chasidagi “Yangi bozor” hududidagi targ‘ibot banneri.

Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

Andijon shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi hamda Sharof Rashidov ko‘chalari kesishmasidagi saylov banneri.

Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

Andijon shahri, Alisher Navoiy shoh ko‘chasidagi saylov banneri.

Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

O‘zLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Andijon shahri, Dukchi eshon ko‘chasidagi targ‘ibot banneri.

Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

Andijon tumani chegara qismi — Andijon shahriga kirish hududidagi saylov banneri.

Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

O‘zbekiston ekologik partiyasi nomzodi Narzullo Oblomurodovning Andijon shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, “Baxt uyi” ro‘parasidagi banneri.

Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

“Adolat” sotsial demokratik partiyasi nomzodi “Bahrom Abduhalimovning Andijon shahri, Bobur shoh ko‘chasi, “Xolis” savdo majmuasi ro‘parasidagi piyodalar o‘tadigan ko‘prik yonidagi banneri.

Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

Buxoro viloyati

Nomzod Narzulla Oblomurodov banneri Buxoro shahridagi yangi tibbiyot shaharchasida barpo etilayotgan bog‘da o‘rnatilgan. Nomzod toza ichimlik suvi va suv tejamkorligi texnologiyalari uchun ovoz berishga chaqirmoqda.

Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisovaning Kogon tumani, Konchilar ko‘chasi (Buxoro shahriga olib keluvchi yo‘l)da joylashgan mazkur banneri Buxoro minori ustiga qo‘nib turgan laylaklar timsoli aks etgan darvoza yaqinida o‘rnatilgan.

Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

O‘zLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Buxoro shahri, G‘ijduvon ko‘chasidagi tug‘uruq majmuasi qaytmasida o‘rnatilgan targ‘ibot banneri.

Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

Buxoro shahridagi Bahouddin Naqshband ko‘chasi. Milliy tiklanish partiyasi nomzodi Alisher Qodirov banneri 2020-yilda qurib, foydalanishga topshirilgan ko‘p qavatli bino oldida o‘rnatilgan.

Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

“Adolat” sotsial demokratik partiyasi nomzodi “Bahrom Abduhalimovga ovoz beramiz!” degan da’vatga chorlovchi banner “Karvon bozor” chorrahasida joylashgan Buxoro shahridagi G‘ijduvon ko‘chasida o‘rnatilgan.

Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

Farg‘ona viloyati

Ekologik partiya (Ekopartiya)dan prezidentlikka nomzod Narzulla Oblomurodovning Qo‘qon shahri, Navoiy ko‘chasida o‘rnatilgan targ‘ibot banneri.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

Xalq demokratik partiyasi (XDP)dan prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisovaning Qo‘qon shahri, Navoiy ko‘chasida o‘rnatilgan targ‘ibot banneri.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

Liberal-demokratik partiya (O‘zLiDeP)dan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Qo‘qon shahri, Navoiy ko‘chasida o‘rnatilgan targ‘ibot banneri.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovning Qo‘qon shahri, kichik halqa yo‘lida o‘rnatilgan targ‘ibot banneri.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimovning Qo‘qon shahri, Shohruxobod ko‘chasida o‘rnatilgan targ‘ibot banneri.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

Namangan viloyati

Ekologik partiya (Ekopartiya)dan prezidentlikka nomzod Narzulla Oblomurodovning Namangan shahridagi don mahsulotlari korxonasi fonidagi banneri.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Xalq demokratik partiyasi (XDP)dan prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisovaning Namangan shahrining Davlatobod tumanidan ajratib turuvchi ko‘prikdagi elektron tablodagi banneri.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Liberal-demokratik partiya (O‘zLiDeP)dan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Namangan shahridagi Bobur bog‘i chorrahasida o‘rnatilgan banneri.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovning Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bog‘i yaqinidagi banneri.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimovning Namangan shahridagi Chorsu bozoriga o‘tish yo‘lidagi banneri.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Namangan shahrining Yoshlar bog‘i qarshisidagi saylov banneri.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Namangan shahrining Yoshlar bog‘i qarshisidagi saylov banneri.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri, Islom Karimov ko‘chasi. Yashillar partiyasidan nomzod sifatida maydonga chiqqan va kelajak uchun javobgarligini ta’kidlayotgan Narzullo Oblomurodov shaharning yam-yashil ko‘chasida.

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Qarshi shahri, Islom Karimov ko‘chasi. Migrantlardan soliq undirish taklifi bilan chiqqan nomzod Alisher Qodirov va uning yuzini to‘sib turgan archa daraxti.

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Qarshi shahri, Islom Karimov ko‘chasi. Nomzod Shavkat Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatlashga chaqiruvchi plakat. O‘zgarishlar yo‘lida birgaligini ta’kidlayotgan Shavkat Mirziyoyev o‘zgarayotgan Qarshining o‘zgargan temiryo‘l vokzali qarshisida.

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi. Barchaga g‘amxo‘rlik davlatning burchi ekanligini aytayotgan prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova hamda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga o‘rnatilgan haykal bitta suratda.

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Qarshi shahrining Mustaqillik ko‘chasida joylashgan Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti. Asosiy maqsadi xalq salomatligi ekanligini aytayotgan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimovning targ‘ibot banneri.

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Samarqand viloyati

O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning tarjimayi holi aks etgan plakatlar Samarqand shahrida harakatlanuvchi avtobuslarda o‘rtanilgan. Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi.

Foto: “Daryo” / Javlon Shaymanov

Samarqand shahridagi universitet xiyobonida (Bulvar) turgan saylov targ‘iboti ekranlari.

Foto: “Daryo” / Javlon Shaymanov

Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov Samarqand shahar Abdurahmon Jomiy ko‘chasida o‘rnatilgan targ‘ibot banneri.

Foto: “Daryo” / Javlon Shaymanov

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahri, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida o‘rnatilgan targ‘ibot banneri fonidagi shahar tramvayi hamda piyodalar.

Foto: “Daryo” / Javlon Shaymanov

Samarqand shahar Ibn Xoldun ko‘chasidagi “Saylov—2021” targ‘ibot banneri fonida qaynayotgan shahar hayoti.

Foto: “Daryo” / Javlon Shaymanov

Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimovning Samarqand shahar Buyuk ipak yo‘li va Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi kesishmasida (chorraha) o‘rnatilgan monitordagi targ‘iboti fonida yurgan shahar ahli.

Foto: “Daryo” / Javlon Shaymanov

Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodovning Samarqand shahar Gagarin ko‘chasida o‘rnatilgan targ‘ibot banneri fonidagi daraxtlar.

Foto: “Daryo” / Javlon Shaymanov

Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisovaning Samarqand shahar Beruniy ko‘chasida o‘rnatilgan targ‘ibot banneri.

Foto: “Daryo” / Javlon Shaymanov

Toshkent shahri

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanidagi mahallalarning birida sotilayotgan tarvuz uyumi ortida ko‘rinib turgan saylov targ‘iboti plakatlari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning Toshkent shahridagi “Navro‘z” bog‘i devoriga yopishtirib qo‘yilgan plakatlari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yunusobod tumanidagi oziq-ovqat do‘konlaridan birining tashqi tarafiga yopishtirib chiqilgan ko‘plab targ‘ibot plakatlari.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumaniga ketaverishda saf tortib turgan saylov targ‘iboti bannerlari.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Toshkent Metropolitenining “Hamid Olimjon” bekatidagi kassa darchasi yoniga yopishtirib qo‘yilgan targ‘ibot plakati.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi do‘konlardan birining oynasiga yopishtirilgan saylov targ‘iboti plakati.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, “Rakat” mahallasidagi ko‘chalarning birida harakatlanib ketayotgan avtobusning orqa tomoniga yopishtirilgan saylov targ‘iboti plakati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovning Toshkent shahri, Chorsu bozori yonidagi chorrahada joylashgan monitorda turgan targ‘ibot banneri.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisovaning Toshkent shahri, Mustaqillik shohko‘chasidagi monitorda chiqib turgan targ‘iboti fonida o‘tib ketayotgan ayol.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimovning Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishmasidagi chorrahadan joy olgan monitorda chiqib turgan targ‘iboti.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahri, Mustaqillik shohko‘chasidagi monitorda chiqib turgan targ‘ibot surati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodovning Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasidagi monitorda turgan targ‘ibot surati. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman


Doʻstlaringiz bilan ulashing

30 Jan 12:09
 
52
0
qalampir.uz

Fransiyada fermerlar poytaxtni traktorlar bilan to‘sib qo‘ydi (foto)

Fransuz fermerlari inflyatsiya, qishloq xo‘jaligi importining ko‘payishi va YeIning emissiya va o‘g‘itlardan foydalanishni qisqartirish rejalariga norozilik bildirish uchun Parij va boshqa shaharlardagi yo‘llarni traktorlar bilan to‘sib qo‘yishdi. Bu haqda BBC xabar berdi. Ko‘pgina fermerlar Yevropa Ittifoqining Yashil bitimini amalga oshirib bo‘lmaydigan va qimmat deb hisoblashadi. Aksiya tashkilotchilari buni “Parij qamali” deb atashdi – aksiyada 1

29 Jan 10:28
 
45
0
qalampir.uz

Vazir boshchiligidagi minglab odamlar Madridda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqdi (foto)

Minglab namoyishchilar kecha, 27 yanvar kuni Madridda falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash va G‘azo sektoridagi genotsidni to‘xtatishni talab qilib ko‘chalarni to‘ldirdi. Bu haqda “Que Pasa media” nashri ma’lum qildi. Namoyish Ispaniya hukumatiga Falastin tinch aholiga qarshi hujumlarni to‘xtatishda ko‘proq harakat qilish uchun bosim o‘tkazishda davom etishini so‘rab Ispaniya bo‘ylab faollarni jalb qildi. Ispaniyaning Birlashgan chap (IU) partiyasi a’

04 Feb 13:57
 
48
0
qalampir.uz

Imron Xon va kelinoyi yana bir jazoga hukm qilindi

Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xonning ayoli Bushra Bibi birinchi turmushidan ajrashganidan keyin qonun bo‘yicha 3 oy iddada o‘tirmay, Imron Xon bilan nikohdan o‘tgani uchun juftlik Ravalpindi sudi tomonidan qo‘shimcha 7 yillik qamoq jazosi va 1800 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda "Reuters" ma’lum qildi. Xon va Bibiga jinoiy ish qo‘zg‘atilishini so‘rab, sudga Bushraning birinchi turmush o‘rtog‘i Xavar Maneka murojaat yo‘llagan. Bu bil

30 Jan 15:36
 
57
0
qalampir.uz

AQSHdagi saylov dunyoning kelajakdagi rivojlanish yo‘lini belgilaydi – Kisida 

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida 2024 yilda AQSHning navbatdagi prezidentining saylanishi dunyoning kelajakdagi taraqqiyot yo‘nalishini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri bo‘lishini aytdi. Bu haqda u bugun, 30 yanvar kuni mamlakat parlamenti quyi palatasi yalpi majlisida so‘z ochdi. “Xalqaro hamjamiyatdagi vaziyat tobora keskinlashib bormoqda. Ukrainaning bosib olinishi va Yaqin Sharqdagi vaziyatdan tashqari, bu yil bir qator mamlakatlarda dunyoning kelajakdagi yo‘nalis