calendar 16 Oct 07:40
eye 18
comments 0
comments Manba: sof

"Respublika bo'yicha aholining tabiiy gazdan yarim trln so'mlik qarzi bor" — "Hududgaztaʻminot

image

"Hududgaztaʻminot" AJ Matbuot xizmatining xabariga ko'ra, zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunasi hali o'rnatilmagan 1,5 mln isteʻmolchilar sarflangan gaz uchun eski namunadagi gaz hisoblagichlarining ko'rsatkichlari bo'yicha to'lov qilishni davom ettirmoqda. Lekin, ushbu isteʻmolchilarda yangi hisobdonlar o'rnatilgunga qadar o'z xonadonlaridan chiqmay turib isteʻmol qilingan yoqilg'iga to'lov qilish uchun maxsus Telegram-bot ham yaratilgan.

Qayd etilishicha, gaz taʻminoti filiallari va bo'limlari tomonidan doimiy ravishda berilayotgan bildirishlar va shartnomaviy majburiyatlarga qaramasdan, ayrim isteʻmolchilar yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun har oyning 10 sanasiga qadar to'lovlarni amalga oshirmayapti.

Natijada esa, isteʻmolchilar tomonidan katta qarzdorlik yuzaga kelmoqda va qarzga nisbatan vaqtida to'lov qilinmaganligi sababli penya hisoblanmoqda.

Berilgan maʻlumotga ko'ra, bugungi kunga kelib 1,2 milliondan ortiq isteʻmolchining tabiiy gaz uchun 501,6 milliard so'm miqdordagi debitorlik qarzdorligi mavjud. 

"Tez orada butun mamlakatimiz bo'ylab "aqlli hisoblagichlar"ni o'rnatish ishlari yakunlanadi. Yangi hisobdonlar ishga tushgach isteʻmolchiga baribir qarzdorligini qoplashga to'g'ri keladi. Bundan tashqari, asosiy qarzdorlikni bartaraf etish bilan birga unga nisbatan hisoblangan penyani ham to'lash talab qilinadi. Aks holda istemolchi gaz taʻminoti tizimidan avtomatik ravishda uzib qo'yiladi", - deya ogohlantiriladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:11
 
34
0
qalampir.uz

Qodiriy asos solgan bir asrlik jurnalning faoliyati to‘xtatildi

Ko‘plab ijodkorlarning adabiyotga qadam qo‘yishida vosita bo‘lib xizmat qilgan, ulug‘ o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy tomonidan tashkil etilib, 1923 yil 18 fevralda ilk soni chop etilgan "Mushtum" jurnali iqtisodiy qiyinchiliklar sabab noma’lum muddatga nashr etilishi to‘xtatildi. Bu haqda jurnalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilindi.  “Senzura” va iqtisodiy inqiroz sabab bir necha yillar davomida chop etilmay kelgan jurnal avva

23 Apr 03:35
 
8
0
xs.uz

Urganchda ayol pul sababli dugonasini boʻgʻib oʻldirdi

Voqea 17-aprel kuni Hamjihatlik mahallasida sodir boʻlgan. Aniqlik kiritilishicha, 38 yoshli fuqaro 49 yoshli dugonasiga qoʻngʻiroq qilgan va uni mehmonga chaqirgan.Uyda ular oʻrtasida pul masalasida janjal kelib chiqqan. Natijada uy egasi mehmonni roʻmol bilan boʻgʻib oʻldirgan.Maʼlumotlarga koʻra, gumonlanuvchi jasadni oʻz uyi hovlisiga koʻmgan.Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) bilan ji

07 Mar 20:12
 
48
0
xs.uz

11-mart kuni Toshkent metrosining yangi 2 ta bekati yoʻlovchilar uchun ochiladi

Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yoʻlining Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) bekatlarida belgilangan texnik sinov ishlari muvaffaqiyatli oʻz yakuniga yetkazildi va ushbu bekatlar joriy yilning 11-mart sanasidan boshlab ertalabdan odatiy reja asosida yoʻlovchilar uchun xizmat koʻrsatishni boshlaydi.Bundan tashqari, yoʻlovchilarga qulay xizmat koʻrsatish uchun metro vagon parklariga soʻngi vaqtlarda 24 ta metro vagoni olib kelingan boʻlsa, bugun yana 12 ta metro vagoni Toshke

07 Mar 20:11
 
34
0
qalampir.uz

O‘zbekistonga bir oyda qancha yevropalik sayyoh kelgani aytildi

2024 yilning yanvar oyida O‘zbekistonga 4 601 nafar Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolari sayyohlik maqsadida kelgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. Ushbu turistlarning asosiy qismi Germaniya (652 nafar), Italiya (597 nafar), Buyuk Britaniya (523 nafar), Ispaniya (455 nafar) va Fransiya (436 nafar) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bundan tashqari, kuchli o‘nlikdan quyidagi Yevropa mamlakatlari o‘rin olgan: Portugaliya – 235  Polsha – 194&