calendar 13 Oct 06:10
eye 19
comments 0
comments Manba: daryo

Andijonda yog‘ochdan ko‘prik yasab, odamlarni soydan pul evaziga o‘tkazgan shaxs 7 sutkaga qamaldi

image

Andijon viloyati Buloqboshi tumani hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tumandagi soylardan birining ustiga yog‘ochdan ko‘prik o‘rnatib, odamlardan pul ishlayotgan fuqaro to‘g‘risida tarqalgan xabarlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning iyul oyidagi tabiiy ofat oqibatida tumandagi Aravonsoy ko‘prigi yaroqsiz holatga kelib qolgan va undan foydalanish to‘xtatilgan.

Ta’kidlanishicha, 10-oktabr kuni “Bozorboshi” MFY Chilonzor ko‘chasida yashovchi 35 yoshli, muqaddam sudlangan N.I. o‘zining noqonuniy xatti-harakati bilan soyga ikkita yog‘ochdan iborat ko‘prik yasab, odamlarni 1000 so‘m evaziga o‘tkazib qo‘yishni yo‘lga qo‘ygan.

Mazkur noqonuniy xatti-harakati Buloqboshi tumani sudida ko‘rib chiqilgan va N.I. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik) va 200-moddalari (o‘zboshimchalik) bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Hokimlik matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda tumandagi ko‘prikni qurish va ta’mirlash ishlari boshlangan.

Avvalroq Sirdaryo viloyatida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yo‘l o‘tkazgichlardan biriga shikast yetdi, ayrim tumanlardagi ko‘chalarni suv bosgani, Sheroboddagi ko‘prik qurilishi yetti oydan buyon to‘xtab qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Mar 07:23
 
40
0
xs.uz

INNO innovatsion oʻquv va ishlab chiqarish texnoparki, Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent Traktor zavodi va UMPT oʻrtasida memorandum imzolandi

Joriy yilning 13-mart kuni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi INNO innovatsion oʻquv va ishlab chiqarish texnoparkida ilgʻor muhandislik maktabini tashkil etish, maktabgacha va maktab hamda oliy taʼlim muassasalari, olimlar va oddiy aholi orasidan innovatorlarni kashf qilish, talabalar, universitet olimlari hamda zavod bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish maqsadida I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar h

11 Apr 13:55
 
33
0
postda.uz

Foydali o‘quv mashg‘uloti

Qashqadaryo viloyati IIBda o‘quv-amaliy mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma EKM va shahar-tuman IIB ekspertlari qatnashdi. Ikki kunlik o‘quv mashg‘ulotida IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi va vazirlik Akademiyasi Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlarida ekspert xulosalari orqali isbotlash bazasini mustahkamlash, ekspertlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan odatiy xatoliklarning tanqidiy muhokamasini o‘

07 Mar 20:07
 
54
0
postda.uz

CHORAK ASR XIZMATDA

Katta serjant Baxtiyorjon Musulmanovda harbiy xizmatchi bo‘lish orzusi bolalikdan yo‘ldosh. Amakisi Shavkat Xoliqovning chorak asr harbiy xizmatchi bo‘lgani va uyga formada keli­shi uning orzusiga sabab bo‘ldi. Baxtiyorjon G‘uzor tumanidagi o‘rta maktabni bitirib, yigitlik burchini IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qismda o‘tadi. Uning o‘z ishiga bo‘lgan mas’uliyati va qiziqishini sezgan harbiy qism rahbariyati muddatli harbiy xiz

07 Mar 20:07
 
50
0
postda.uz

ISLOHOTLAR – YUQORI SAMARADORLIK GAROVI

Xususan, davlatimiz rahbarining 2020-yil 7-yanvardagi qarori asosida Toshkent, Buxoro, Andijon hamda Navoiy viloyatlarida yangi qo‘shilma va harbiy qismlar tashkil etildi, ularning moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasi tubdan qayta ko‘rib chiqilib, zamonaviy jihozlanishi yo‘lida ulkan ishlar qilindi. Qo‘shinlarning jangovar va safarbarlik shayligini tashkil etishda asosiy e’tibor harbiy xizmatchilarning malakasini oshirish, jangovar shaylik rejalarini qayta ishlab chiqish­ga qaratild