calendar 10 Oct 06:10
eye 18
comments 0
comments Manba: daryo

“Kalmar o‘yini” seriali qahramonlari kiygan oq sliponlar savdosi 7800 foizga o‘sib ketdi

image

Netflix’ning “Kalmar o‘yini” seriali chiqqanidan keyin Vans’ning oq sliponlari (bog‘ichsiz yengil oyoq kiyim) savdosi 7800 foizga oshib ketdi, deb xabar beradi Glamour.

Foto: Esquire

Oq sliponlar — bu “Kalmar o‘yini” serialidagi qahramonlar kiyimining bir qismi. Lyst shopping-platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, oq sliponlarga bo‘lgan qiziqish “Kalmar o‘yini” mashhurligi fonida 97 foizga ko‘tarilgan.

Foto: Esquire

Shuningdek, o‘yinchilar egnidagi yashil sport kiyimlar va qo‘riqchilarning qizil formasi ham juda ommalashgan: ushbu kostyumlar Xellouinda eng mashhur kiyimlardan biriga aylanishi kutilmoqda.

Foto: Esquire

Bundan tashqari, serialda bosh rollardan birini ijro etgan janubiy koreyalik model Xo Yon Chonning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntiga premyeradan ikki hafta o‘tgach 16 milliondan ortiq kishi obuna bo‘lgan. Shu orqali Chon ijtimoiy tarmoqlarda auditoriyasi eng tez o‘sgan yulduzlar reytingiga yetakchilik qilgan.

Foto: Esquire

Avvalroq Janubiy Koreya provayderi “Kalmar o‘yini” sabab tomoshabinlar oqimi ortgani uchun Netflix’ni sudga bergani, Netflix “Kalmar o‘yini” serialida ko‘rsatilgan telefon raqamni o‘zgartirishi, uning haqiqiy egasiga har kuni minglab qo‘ng‘iroqlar bo‘layotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:58
 
24
0
qalampir.uz

Kulgi ustasi Yevgeniy Petrosyan 78 yoshida ota bo‘ldi

78 yoshli rossiyalik qiziqchi Yevgeniy Petrosyan uchinchi marta ota bo‘ldi. Uning 35 yoshli rafiqasi Tatyana Bruxunova ijtimoiy tarmoqlarda oila a’zolari soni  yana bittaga ko‘payganini ma’lum qildi. Bruxunova oilaviy suratni o‘z sahifasida e’lon qildi va unga “Mening baxtli 35 yoshim” deb izoh qoldirdi. Suratda Petrosyan va Bruxunova chaqaloqni qo‘llarida ushlagan holda, yonida esa 4 yoshli o‘g‘li Vagan o‘tirgani tasvirlangan. Er-xotin chaqaloqning ismini

11 Apr 13:58
 
19
0
qalampir.uz

“Musiqani sun’iy intellektdan himoya qiling”. Amerikalik yulduzlar ochiq xat imzoladi

Kecha, 3 aprel kuni 200 dan ortiq amerikalik san’atkorlar sun’iy intellektni (AI) “inson ijodiga hujum"da ayblab, ochiq xat yubordi. Bu haqda “New York Post” nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, san’atkorlar sun’iy intellekt tez orada asl ijodkorlar ovozining raqamli nusxalarini yaratishi mumkinligidan xavotirda. Shu bois murojaat mualliflari elektron musiqa mualliflaridan asl ijodkorlar huquqlarini qadrsizlantirmaslik uchun kontent yaratishda neyron tarmoqlard

07 Mar 20:07
 
27
0
postda.uz

Эътиборсизлик ёки...

У қизини мактабга олиб бориш учун одатдаги вақтда уйидан чиқди. Нимагадир машина ўт олмади. Балки ёқилғиси тугагандир. Ҳособ-китоби бўйича камида 15 литр бензин бўлиши керак эди. Бензин кўрсаткичи ҳам буни тасдиқлайди... Бир неча марта бўлган уринишлари беҳуда кетгач,

07 Mar 20:09
 
30
0
qalampir.uz

Andijondagi san’at maktabiga Sherali Jo‘rayev nomi beriladi

Ayni paytda Andijon viloyatida bo‘lib  turgan Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbek qo‘shiqchilik san’ati rivojida o‘chmas iz qoldirgan O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti, Alisher Navoiy mukofoti sovrindori, mashhur hofiz Sherali Jo‘rayev nomini abadiylashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Mirziyoyev marhum san’atkorni barcha alohida hurmat bilan esga olishini ta’kidlagan. Qayd etilishicha, Sherali Jo‘rayev nomi ber