1998-yilda Osiyoning ko‘plab mamlakatlarida dahshatli inqiroz kuzatilgan. Janubiy Koreya aholisi esa bu inqirozdan qutulishiga yordam bergan. Fuqarolar mamlakatining Xalqaro valyuta fondi oldidagi qarzini hech bo‘lmaganda bir qismi qoplash uchun o‘z oltinlaridan voz kechgan. Aksiyada 3,5 million koreys ishtirok etgan va atigi 2 oyda o‘z xohishi bilan topshirilgan qimmatbaho metallar 227 tonnani tashkil qilgan. Bu voqea koreys xalqining hatto kundalik hayotda ham naqadar yakdil ekaniga yaqqol isbot bo‘la oladi. O‘ziga xos tartib va qoidalarga ega mamlakat bilan bog‘liq tushunchaga ega bo‘lishga yordam beradigan suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Foto: Travel Ask
Tish yuvish cho‘tkasi uchun mukammal porsiya chiqarib beradigan dozatorli tish yuvish pastasi.
Foto: Travel Ask
Aviachiptaning orqa tomonida uchish yo‘lagiga qanday yetib borish mumkinligini ko‘rsatuvchi aeroport xaritasi bor.
Foto: Travel Ask
Itlar uchun ko‘rsatuv.
Foto: Travel Ask
Lapsha sotiladigan avtomatlar.
Foto: Travel Ask
Hovlida bo‘yash ishlari bo‘layotgani uchun plyonka yopilgan avtomobillar.
Foto: Travel Ask
Janubiy Koreyadagi poyezdlarda yangi tug‘ilgan itlar haqida ko‘rsatuv namoyish qilinadi.
Foto: Travel Ask
Kiyimga oqmasligi uchun tagligi bor muzqaymoq.
Foto: Travel Ask
Tortlar plastik pichoq, sham va gugurt bilan bilan birga sotiladi.
Foto: Travel Ask
Ansan shahrida har 500 metrda yo‘lovchilar va yomg‘irdan panaga o‘tish uchun maxsus dam olish zonalari o‘rnatilgan.
Foto: Travel Ask
Seul supermarketlaridan biridagi hojatxona qog‘ozi assortimenti.
Foto: Travel Ask
Telefonidan boshini ko‘tara olmaydiganlar uchun qurilgan yo‘lka.
Foto: Travel Ask
Mahalliy Starbucks’da qahva quyqalari bog‘bonlar foydalanishi uchun to‘planadi.
Foto: Travel Ask
Janubiy Koreyada tug‘ilish ko‘p emasligi hisobiga maktab o‘quvchilari soni juda ham kam. Shu sabab ham o‘qishni bilmaydigan buvilar uchun maktab eshiklari hamisha ochiq.
Foto: Travel Ask
Tumanda mushuk borligi va ehtiyot bo‘lish kerakligidan darak beruvchi belgi.
Foto: Travel Ask
O‘z-o‘zini tozalovchi yo‘llar.
Foto: Travel Ask
Karantindagi odamlarga hukumat tomonidan topshirilgan paket.
Foto: Travel Ask
Telefonning simsiz quvvatlab olish imkoni beruvchi quyosh batareyali o‘rindiq.
Foto: Travel Ask
Metro vagonidagi kutubxona.