calendar 11 Aug 18:31
eye 20
comments 0
comments Manba: qalampir

O'zbek-xitoy vaktsinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash qayta yo'lga qo'yildi

image
image

Bugun, 11 avgustdan boshlab O'zbekistonda aholini o'zbek-xitoy vaktsinasining ikkinchi va uchinchi dozasi bilan emlash qayta yo'lga qo'yildi. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etish kerakki, joriy yilning 9 avgustidan boshlab aholini o'zbek-xitoy vaktsinasi bilan faqat bir dozada emlashga qaror qilingandi. 

O'z navbatida, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'i o'rinbosari Nurmat Otabekovning aytishicha, ZF-UZ-VAC-2001 vaktsinasini olganlarning 50 foizi ikkinchi dozani olishga, 70 foizi uchinchi vaktsinani olishga kelmagan.

"Shuning uchun aholining ko'proq qismini qamrab olish maqsadida olib kelingan vaktsinalarning barchasi bir hafta davomida birinchi dozasi bilan emlash uchun ishlatiladi", deya tushuntirish bergandi Nurmat Otabekov.  

Maʻlumot o'rnida, joriy yilning mart oyidan boshlab O'zbekistonga Xitoydan ZF-UZ-VAC 2001 vaktsinasi olib kelina boshlandi. Shundan beri deyarli har oy O'zbekistonga 1 million dozadan o'zbek-xitoy vaktsinasi keltirilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:59
 
27
0
qalampir.uz

Toshkentga bir sutka davomida yuk mashinalari kiritilmaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkent shahriga yuk avtomashinalarining kirishi va shaharda yuk avtomashinalarining harakatlanishi to‘liq cheklanadi.  Bu haqda shahar IIBB xabar berdi.  Cheklovlar bugun, 9 aprel kuni soat 17.00 dan ertaga, 10 aprel soat 17.00 gacha amal qiladi. IIBB bundan poytaxtda xavfsizlik choralarini ko‘rish maqsad qilinganini aytdi.  Avariya-qutqaruv xizmatlari mashinalari va maxsus transport vositalari bundan mustasno. Eslatib o‘tamiz, kech

07 Mar 20:11
 
30
0
qalampir.uz

Qodiriy asos solgan bir asrlik jurnalning faoliyati to‘xtatildi

Ko‘plab ijodkorlarning adabiyotga qadam qo‘yishida vosita bo‘lib xizmat qilgan, ulug‘ o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy tomonidan tashkil etilib, 1923 yil 18 fevralda ilk soni chop etilgan "Mushtum" jurnali iqtisodiy qiyinchiliklar sabab noma’lum muddatga nashr etilishi to‘xtatildi. Bu haqda jurnalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilindi.  “Senzura” va iqtisodiy inqiroz sabab bir necha yillar davomida chop etilmay kelgan jurnal avva

07 Mar 20:11
 
42
0
qalampir.uz

Prezidentdan “dux” olgan tadbirkor Savdo-sanoat palatasi boshqarmasiga rahbar bo‘ldi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Navoiy viloyati boshqarmasiga Merey Erali qizi Omonboyeva rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.  Merey Omonboyeva palataning boshqarmasiga boshliq etib tayinlangan ilk ayol bo‘ldi.  Ma’lumot uchun, Omonboyeva 1997 yili Navoiy viloyatining Nurota tumanida tug‘ilgan. Navoiy davlat pedagogika institutini tamomlagan. Faoliyati davomida xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida ishlagan. 2023 yildan hozirga qadar m

07 Mar 20:13
 
42
0
xs.uz

BMT prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etiladi

Qarorga koʻra, Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy statistika sifatini taʼminlash boʻyicha bazaviy prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etilishini taʼminlash maqsadida 2024-yil yakuniga qadar:' rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan tarqatiladigan statistika maʼlumotlari Statistika maʼlumotlarini ishlab chiqishning namunaviy modeli (GSBPM) asosida shakllantiriladi;' BMT tomonidan tavsiya etilgan sifatni boshqarish boʻyicha qoʻllanmalarni toʻliq joriy etish doirasid