calendar 06 Aug 16:10
eye 20
comments 0
comments Manba: daryo

Foto: O‘zbekistonda oliygohlarga kirish uchun ochiq osmon ostida o‘tkazilayotgan test imtihonlari

image

O‘zbekistonning barcha hududlarida 5-avgust sanasidan 2021—2022-o‘quv yili uchun test imtihonlari boshlandi. Davlat test markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy o‘quv yili uchun 948 ming 211 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Kirish imtihonlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar ro‘yxati e’lon qilingan.

O‘tgan yilgidan farqli o‘laroq, 2021-yilda ixtisoslashgan ikkita fan bo‘yicha imtihon topshirish belgilangan. Kirish imtihonlari beshta fan bo‘yicha bo‘ladi, ularning uchtasi majburiy — ona tili, O‘zbekiston tarixi, matematika va yana ikkita fan tanlangan mutaxassislik bo‘yicha. Beshta fandan testlarni ishlashga 3,5 soat vaqt ajratiladi.

Abituriyentlar imtihon topshirganining ertasi kuni o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali test natijalarini bilishi mumkin. O‘qishga kirgan yoki kirmagani to‘g‘risida ma’lumot butun respublika bo‘ylab test sinovlar yakunlanganidan keyin, bir hafta ichida e’lon qilinadi.

“Daryo” mamlakat bo‘ylab boshlangan test imtihonlaridan fotoreportaj tayyorladi.

Namangan viloyati

Foto: Jahongir Akramov

Namangan shahridagi “Navbahor-Umid” stadionida test sinovlari jarayoni. Viloyatda bundan tashqari yana ikkita Namangan shahridagi “Dinamo” va To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Yoshlik stadionlarida imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Jahongir Akramov

Foto: Jahongir Akramov

Foto: Jahongir Akramov

Ijtimoiy tarmoqlarda 5-avgust kuni imtihonlardagi test savollari tarqalib ketgani yuzasidan DTM bergan izohida biologiya fanidan 1122414 raqamli test topshiriqlari kitobi Namangan viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli ekanini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Foto: DTM

Qashqadaryo viloyati

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Qarshi shahridagi Nasaf markaziy stadionida OTMlarga kirish imtihoni

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Buxoro viloyati

Foto: “Daryo”/ Laylo Haitova

Buxoro viloyatida test sinovlari “Buxoro” markaziy o‘yingohi, “Umid” futbol maydoni va “Dilkusho” sport majmuasida bo‘lib o‘tmoqda. Test sinovlari ikki smenada o‘tkaziladi. 1-smena ertalab soat 07:00 da, 2-smena soat 19:00 da boshlanib, 3 soatdan davom etadi.

Test sinovlariga oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va xalq ta’lim boshqarmasining direktor, direktor o‘rinbosarlaridan iborat 221 nafar nazoratchi jalb etilgan.

Foto: “Daryo”/ Laylo Haitova

Foto: “Daryo”/ Laylo Haitova

Foto: “Daryo”/ Laylo Haitova

Foto: “Daryo”/ Laylo Haitova

Andijon viloyati

Foto: Elyor Mamajonov

Test imtihonlari Andijon shahridagi sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi asosiy stadionida o‘tkazilmoqda.

Foto: Elyor Mamajonov

Foto: Elyor Mamajonov

Foto: Elyor Mamajonov

Foto: Elyor Mamajonov

Samarqand viloyati

Foto: Alisher Isroilov

Samarqand viloyati oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari “Lokomotiv” futbol stadioni, Samarqand shahridagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabi (BO‘SM) stadioni, Samarqand shahridagi “Nurafshon” futbol stadioni, Samarqand tumanidagi BO‘SM futbol maydoni va Jomboy tumanidagi BO‘SM futbol maydonida o‘tkazilmoqda.

Foto: Alisher Isroilov

Foto: Alisher Isroilov

Foto: Alisher Isroilov

Foto: Alisher Isroilov

Farg‘ona viloyati

Foto: “Daryo”/ Azizjon Ermatov

Imtihonlar Farg‘ona shahridagi Farg‘ona davlat universiteti stadionida o‘tkazilmoqda.

Foto: “Daryo”/ Azizjon Ermatov

Foto: “Daryo”/ Azizjon Ermatov

Foto: “Daryo”/ Azizjon Ermatov

Foto: “Daryo”/ Azizjon Ermatov

Sirdaryo viloyati

Foto: O‘zA

Guliston shahridagi Markaziy o‘yingohda test sinovlari boshlandi. Test sinovlari qoida tariqasida, kuniga ikki smenada: 1-smena 07:00 dan, 2-smena 19:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Toshkent shahri

Foto: O‘zA

Toshkent shahrida OTMlarga kirish imtihonlari “Paxtakor” va “Bunyodkor” stadionlari, shuningdek, “G‘alaba” va “Botanika” bog‘ida bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Eslatib o‘tamiz O‘zbekistonda OTMga kirishda eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar abituriyent uchun Prezident granti joriy etilgan. Shuningdek, 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti 7 yil muddatga 14 foiz stavka bilan berilishi haqida xabar berilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:56
 
39
0
qalampir.uz

Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilmoqda

Saudiya Arabistonining Makka shahrida qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti administratsiyasi axborot siyosati xizmati rahbari Dayirbek O‘runbekov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xalqni Ramazon hayiti bilan tabriklash asnosida ma’lum qildi. O‘rinbekov mamlakat rahbari Sadir Japarov ko‘magida Makka shahrida tahsil olayotgan va ziyorat qilayotgan Qirg‘iziston fuqarolari bepul foydalanishi mumkin bo‘lgan mehmonxo

11 Apr 13:56
 
57
0
qalampir.uz

AQSH Ukrainaga husiylar uchun mo‘ljallangan qurollarni topshirdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukraina Qurolli kuchlariga Yamandagi husiylarga olib ketilayotgan kemalardan tortib olingan qurol-yarog‘larni topshirdi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi. “2024 yil 4 aprelda AQSH hukumati Ukraina Qurolli kuchlariga 5 mingdan ortiq AK-47, pulemyotlar, snayper miltiqlari, RPG-7 va 500 mingdan ortiq 7,62 mm kalibrli o‘qlarni topshirdi”, deyiladi CENTCOM’ning X’dagi sahifasida. Qayd etilishicha, AQSH hu

11 Apr 13:56
 
31
0
qalampir.uz

Armaniston TIV rahbari Minskdagi MDH yig‘ilishiga bormaydi

Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Minskda bo‘lib o‘tadigan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etmaydi. Bu haqda Armaniston TIV matbuot kotibi Ani Badalyan ma’lum qildi. “Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan 12 aprel kuni Minskda bo‘lib o‘tadigan MDHga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etmaydi”, degan Badalyan “Armenpress” agentligi so‘roviga javoban.  Biro

11 Apr 13:56
 
27
0
qalampir.uz

Si Szinpin Pekinda Lavrovni qabul qildi

Xitoy rahbari Si Szinpin Pekinga tashrif buyurgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi. Bu haqda Rossiya TIV xabar berdi. “Biz o‘tgan yillar davomida, ayniqsa, sizning rahbarligingizda so‘nggi o‘n yillikda erishgan muvaffaqiyatlaringizni yuksak qadrlaymiz va hayratda qolamiz. Biz bu muvaffaqiyatlardan chin dildan mamnunmiz, chunki bu do‘stlarning muvaffaqiyati. Biroq dunyoda hamma ham bunday munosabatda emas va ular Xitoyning rivojlanishini to‘xtatish uch