calendar 15 May 10:31
eye 23
comments 0
comments Manba: qalampir

Festival yangi O'zbekiston yoshlarini birlashtira oladimi? 

image
image

Joriy yilning 14-16 may kunlari Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida "Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik" festivali boshlanib, qizg'in davom etmoqda. 

Mazkur festivalda karantin qoidalariga to'liq rioya qilingan holda turli ko'ngilochar shou-dasturlar, mashhur biznesmenlardan treninglar, sportchilardan master-klass, dizayner va moda defilelari namoyish etildi.

Festival ko'ngilochar dasturlar bilan cheklanib qolmagan. Sababi bu yerda yosh hunarmandlar festival ishtirokchilariga o'z ijod ishlarining sirlarini namoyon qilish orqali hunarga jalb eta olishdi.

Shuningdek, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, kam taʻminlangan, ehtiyojmand oila farzandlaridan iborat 50 nafar bola uchun "Sunnat to'yi" aktsiyasi o'tkazildi. 

Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasida esa korxona va tashkilotlar 10 112 nafar bo'sh ish o'rni bilan qatnashayotgan bo'lib, festivalning birinchi kunida 109 nafar yoshlarga o'zlari qiziqqan turli yo'nalishlarga yo'llanma berildi. Bundan tashqari, payvandlovchi, duradgorlik va tikuvchilik kabi kasblarga o'qitish bo'yicha yo'llanmalar berildi.

Taʻkidlash joizki, yoshlarning bo'sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida o'tkazilayotgan ushbu ommaviy tadbir uchun intellektual o'yinlar, raqs maydoni, ayollar uchun maxsus klub, gastronomik va bolalar shaharchasi barpo etilgan.

Festivalning ilk kunida  Toshkent viloyati hokimi Davron Xidoyatov chiqish qilib, festivalni ochib berdi.

Toshkent viloyati hokimligi
axborot xizmati

 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jan 09:39
 
47
0
qalampir.uz

Toshkentda dahshatli YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 27 yanvar kuni Shayxontohur tumani Ko‘kcha Darvoza ko‘chasida Malibu va KIA avtomashinalari o‘rtasida YTH yuz berdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi. Kecha, 27 yanvar kuni 1995 yilda tug‘ilgan F.R.  boshqaruvida bo‘lgan KIA rusumli avtomashinasi hamda Malibu 2 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. YTH oqibatida Malibu 2 haydovchisi tan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Holat bo

30 Jan 16:37
 
39
0
xs.uz

Akaning buyragi singilga koʻchirib oʻtkazildi

' Amaliyot ikki yarim soat davom etdi, ' deydi markazning yurak-qon tomir jarrohligi boʻlimi mudiri Abdusalom Xoʻjamberdiyev. ' Ustozimiz, professor Fazliddin Shamsiddinovdan bu gal toʻrtinchi bor 'mahorat darsi'ni oldik. Yordamlashib koʻzimiz pishdi, malaka uquvimiz mustahkamlandi.Shunday qilib, uch yildan buyon buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekib kelayotgan yigirma uch yoshli Zuxraxon Qambarova haftasiga gemodializ quyish muammosidan qutuldi. Bunda unga akasi 39 yoshli Anasxon Mamajon

07 Mar 20:12
 
34
0
xs.uz

Buxoroning “Eng namunali mahalla raisi” aniqlandi

Istam Ibrohimov, 'Xalq soʻzi'. Xabaringiz bor, joriy yildan boshlab ilk bor mamlakatimizda 'Eng namunali mahalla raisi' koʻrik-tanlovi oʻtkazilyapti. Buxoroda ushbu tadbirning viloyat bosqichi gʻoliblari nomi aniqlandi.Koʻrik-tanlovda ishtirok etgan 13 ta mahalla fuqarolar yigʻini raisining oʻz hududida amalga oshirayotgan xayrli ishlari atroflicha tahlil etildi. Ularning nazariy bilimlari sinovdan oʻtkazildi. Aholi bandligi, jinoyatchilikdan xoli hududligi, tadbirkorlikni rivojlantirish

09 Feb 15:55
 
40
0
qalampir.uz

“Poytaxt” biznes markazida yong‘in chiqdi (video)

Bugun, 9 fevral kuni Toshkentdagi “Poytaxt” biznes markazida yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Yunusobod tumanidagi sobiq “Poytaxt” biznes markazining rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan binosida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar FVBga soat 11:40 da kelib tushgan. Shunga ko‘ra, to‘rtta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:43 da voqea joyiga yetib borgan va soat 11:51 da yong‘in o‘chirilgan.