calendar 13 May 17:20
eye 16
comments 0
comments Manba: zamin

Qora zamburug': Hindistondagi koronavirusning yangi asoratlari haqida nima bilamiz?

image

Foto: CNN
Hindistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni kundan kunga ko'paymoqda. 10 may kunidagi maʻlumotlarga qaraganda, kasallanganlar 366161 nafar, vafot etganlar soni esa 3754 kishini tashkil qilgan. Mamlakatda yana bir xavfli kasallik «qora zamburug'» yoki mukormikoz deb ataladigan kasallik paydo bo'lgan.

Birgina Maxarashtra shtatida 200 ga yaqin bemor koronavirusdan tuzalib, mukormikoz bilan kasallangan, ulardan 8 nafari vafot etgan. Mazkur kam uchraydigan zamburug'li infektsiya asosan salomatligida muammo bo'lgan, immunodepressant qabul qiladigan bemorlarga zarar yetkazadi.

Mukormikoz
Mukormikoz shunday zamburug'ki, havodan nafas olgandan keyin burun va o'pkalarga kirib rivojlanadi. Shuningdek, kesilgan teri, kuyish va boshqa jarohatlar orqali ham organizmga tushishi mumkin. Ammo u bilan zararlanish holatlari kamdan kam — yirik shaharlarda bir yilda 10-15 ta kasallanish holati kuzatiladi.

Nima uchun Hindiston aholisi mukormikoz bilan kasallanmoqda?
Mukormikoz va koronavirus o'rtasida bog'liqlik bo'lishi mumkin. Immuniteti susaygan, shuningdek, jiddiy kasalliklar — COVID-19 yoki grippning og'ir turi bilan kasallangan bemorlar mukormikoz bilan zararlanishi xavfi yuqori bo'lgan kishilar hisoblanadi. Bunday bemorlar aksariyat hollarda immunitetni susaytirishi mumkin bo'lgan steroidlar bilan davolanadi. Hindistondagi sanitariya qoidalariga rioya qilinmasligi esa bakteriya va zamburug'larning ko'payishiga sabab bo'ladi.

Simptomlari
Burun bo'shlig'i va miya zararlanganda quyidagi simptomlar kuzatilishi mumkin:
  • yuzdagi bir tomonlama shishish;
  • bosh og'rig'i;
  • burun bitishi;
  • qanshar va og'izning yuqori qismining qorayishi;
  • tana haroratining ko'tarilishi.
O'pka zararlanganda kuzatiladigan simptomlar:
  • tana haroratining ko'tarilishi;
  • yo'tal;
  • ko'krak sohasida og'riq;
  • nafas qisishi;
  • teri zararlanganda kuzatiladigan simptomlar:
  • terining qavarishi;
  • zararlangan sohaning qorayishi;
  • og'riq;
  • haddan ortiq qizarish;
  • yara atrofining shishi.
Mukormikoz shifokor ko'rsatmasiga binoan zamburug'ga qarshi preparatlar bilan davolanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:13
 
42
0
xs.uz

AQSHda samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

AQSHning Tennessi shtatida bir dvigatelli samolyot halokatga uchradi.Mahalliy politsiya xabariga koʻra, shtat hududida bir dvigatelli 'I-40' rusumli samolyot qulab tushgan. Oqibatda uning bortdagi bir necha kishi halok boʻlgan. Manbada qurbonlarning aniq soni haqida maʼlumot keltirilmagan.Qayd etilishicha, politsiya qulagan samolyot qayerdan ketayotganini aniqlash ustida ishlamoqda.

11 Apr 14:01
 
23
0
xs.uz

Xavfli kasallikka qarshi global tavsiyalar eʼlon qilindi

Buyuk Britaniyaning nufuzli 'The Lancet' tibbiy jurnalida eʼlon qilingan hisobot ayni shu mavzuga bagʻishlandi. Undan bir guruh xalqaro tadqiqotchilarning tahlil va prognozlari bilan birga, prostata bezi saratoniga qarshi kurashish boʻyicha global tavsiyalar ham oʻrin olgan.Hisobotda qayd etilishicha, yuqori xavf guruhiga mansub odamlar oʻrtasida erta skrining qamrovini kengaytirish ' eng samarali chora. Bunga erishish uchun ish va jamoat joylari, savdo markazlari hamda salomatlik yarmarkal

07 Mar 20:08
 
56
0
qalampir.uz

Polsha Bosh vazirining idorasi oldida fermerlar shinalarni yoqib yubordi

Polsha Bosh vaziri Donald Fransishek Tusk idorasi oldida fermerlar shinalarga o‘t qo‘ydi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi. Ba’zi fermerlar, taqiqlarga qaramay, Varshavaga traktorlarda kirgan. Varshavadagi norozilik namoyishi tashkilotchilari poytaxt ko‘chalarida 100 mingga yaqin namoyishchilar chiqishini kutmoqda. Fermerlarning noroziligi tufayli Budzin va Rogozno o‘rtasidagi 11-sonli respublika yo‘li har ikki yo‘nalishda to‘sib qo‘yilgan. Fermerlar Yevropa Komissi

11 Apr 13:56
 
31
0
qalampir.uz

Turkiyada ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan 14 kishi hibsga olindi

Turkiyada ISHID terrorchilik guruhi faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilingan 14 kishi hibsga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya ma’lum qildi. “Bosh prokuratura, Xavfsizlik Bosh boshqarmasi va Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bilan kelishilgan holda to‘rt viloyatda – Eskishehir, Gaziantep, Samsun va Yalovada ISHID bilan hamkorlikda gumon qilingan shaxslarga qarshi politsiya reydlari o‘tkazildi”, deb yozdi vazir X'dagi sahifasida.