calendar 07 May 21:10
eye 16
comments 0
comments Manba: daryo

APL 9 yil deganda ilk bor UEFA koeffitsiyentlar jadvalida La Ligani ortda qoldiradi

image

Angliya Premyer Ligasi klublari 2020/21-yilgi mavsum Yevrokuboklardagi muvaffaqiyatli ishtiroki uchun UEFA koeffitsiyent reytingida birinchi o‘ringa ko‘tariladi, deya xabar qilmoqda ESPN nashri.

Foto: Twitter

Shu tariqa APL La Ligani ortda qoldirgan holda 9 yil degandan ilk bor birinchi o‘ringa ko‘tariladi.

APL 2007/08-yilgi mavsumdan 2011/12-yilgi mavsumgacha UEFA reytingida birinchi bo‘lgan. Ingliz klublari so‘nggi besh mavsumning uchtasida ispan jamoalaridan yaxshiroq natija qayd etgan va bu ularga La Liga vakillarini quvib o‘tish imkoniyatini berdi.

Bundan tashqari APL bir mavsum davomida to‘plangan koeffitsiyent bo‘yicha La Liga rekordini yangilaydi. Sababi APLning uchta klubi Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi finaliga qadar yetib bordi.

2015/16-yilgi mavsumda “Real” Chempionlar Ligasida, “Sevilya” esa Yevropa Ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. O‘sha mavsumda Ispaniya 23,928 reyting balli to‘plagan. Ingliz klublari joriy mavsum ushbu ko‘rsatkichni qayd etib bo‘ldi. Yevrokubok finallaridan keyin rekord yangilanadi.

Eslatib o‘tamiz, YChL finalida “Manchester Siti” va “Chelsi” o‘zaro bahs yuritadi. Yevropa Ligasi finalida esa “Manchester Yunayted” “Vilyarreal” bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:10
 
28
0
qalampir.uz

Yana 2 nafar o‘zbekistonlik dzyudochi “Katta dubulg‘a” turnirida sovrindor bo‘ldi

Bugun, 2 mart kuni Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri bahslari davom ettirildi. Kun dasturida o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazgan o‘zbekistonlik dzyudochilardan 3 nafari bronza medalini qo‘lga kiritdi. -73 kg vaznda Shahram Ahadov 3-o‘rin uchun kechgan bahsda neytral atlet maqomida kurashgan Mahmadbek Mahmadbekovdan ustun kelib, beshinchi marotaba “Katta dubulg‘a” tasnifidagi musobaqaning medalini rasmiylas

09 Feb 09:54
 
30
0
qalampir.uz

O‘zbekistonlik sportchi Osiyo chempionatida uchta kumush medalga ega chiqdi

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik Sunnatilla O‘sarov birvarakayiga 3 ta medalni qo‘lga kiritdi. -96 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan O‘sarov dast ko‘tarishda 161 kg, siltab ko‘tarishda 185 kg ni o‘ziga bo‘ysundirdi. Sportchi ikki kurash natijasiga ko‘ra, 346 kg bilan 3 ta yo‘nalishda kumush medalga sazovor bo‘ldi. Hozirga kelib O‘zbekiston jamoasining musobaqadagi medallari soni 5 taga yetdi.

01 Feb 09:26
 
62
0
qalampir.uz

Shomurodov faoliyatini qayerda davom ettiradi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rimning “Roma” klubi a’zosi Eldor Shomurodov “Salernitana” jamoasi a’zosiga aylanishi mumkin. Bu haqda sport jurnalisti Xrach Xachatryan o‘z X sahifasida ma’lum qildi. 28 yoshli Shomurodov hozirda “Kalyari” futbolchisi hisoblanadi. “Bo‘rilar” uni mavsum oxiriga qadar Sardiniya jamoasiga ijaraga bergandi. Hozirda Salernitana A Seriya turnir jadvalida oxirgi o‘rinda bormoqda. 22 ta o‘yindan ke

12 Feb 17:12
 
35
0
xs.uz

Toshkent viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish holati muhokama qilindi

Parlament nazorati doirasida Toshkent viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holati oʻrganilib, natijalari Senatning elliginchi yalpi majlisda muhokama qilindi.Taʼkidlanganidek, Toshkent viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilishda qator ijobiy natijalarga erishilgan.Xususan, investitsiya dasturlari doirasida 763 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 23 296 ta yangi ish oʻrni yaratilgan hamd