calendar 11 Apr 12:31
eye 22
comments 0
comments Manba: qalampir

Termizda o'quvchi qizning zo'rlangani bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi

image
image

Avvalroq, Surxondaryoda maktab o'quvchisining zo'rlangani bo'yicha jinoyat ishi ochishni rad etish to'g'risidagi Termiz shahar IIB qarori shahar prokurori tomonidan bekor qilinib, qo'shimcha tergovga qadar tekshiruv o'tkazish uchun Termiz shahar IIB Tergov guruhiga yuborilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 11 aprel kuni mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Maʻlum qilinishicha, yuqoridagi holat yuzasidan Termiz shahri bo'yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi "a" bandi (nomusga tegish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. 

Xabarga ko'ra, hozirda jinoyat ishi doirasida mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va haqiqatni aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 9 aprel kuni senator Farhod Boqiyev Senat rasmiy saytida maqola chop etib, termizlik ota-ona murojaati haqida maʻlum qilgandi. Unda taʻkidlanishicha, jabrlanuvchining ota-onasi Termiz shahar IIO FMBga ariza bilan bir necha marta murojaat qilganiga qaramay, B.E.ga nisbatan qariyb 14 oydan beri jinoyat ishi qo'zg'atilmay kelinmoqda – masʻullar yuzaki o'rganishlar bilan cheklangan va ishni bosti-bosti qilib kelgan.

Qizning yaqinlari Termiz shahar IIO FMBda B.E.ning do'stlari ishlashi sababli ish bosti-bosti qilib kelinayotganini aytgan. Bu organdan umidini uzgan ota-ona "so'nggi chora sifatida" Senatga murojaat qilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Mar 07:22
 
17
0
xs.uz

Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va eksportga jalb etish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi

Bu haqda davlatimiz rahbari 2023-yil 18-dekabrda boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida aytgan edi. Shundan soʻng, ekspertlar ishtirokida tadbirkorlarning takliflari asosida yangi yondashuvlar ishlab chiqildi.Tahlillarga koʻra, oʻtgan yili eksportchi korxonalarga 665 milliard soʻmlik yordam koʻrsatilib, 3 milliard 200 million dollarlik eksport taʼminlangan. Lekin ayrim tarmoq va hududlarda bu mablagʻlardan samarali foydalanilmagan. Elektr texnikasi, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika,

14 Mar 07:22
 
17
0
xs.uz

Tanzila Norboyeva Nyu-York shahrida BMT Ayollar holati boʻyicha komissiyasining 68-sessiyasida ishtirok etmoqda

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozim, Komissiya BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining ishchi organi boʻlib, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish va ilgari surish boʻyicha xalqaro standartlarni hamda ularning bajarilishi yuzasidan takliflarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.Ikki hafta davom etadigan tadbirda BMT va fuqarolik jamiyati vakillari Pekin deklaratsiyasining amalga oshirilishini muhokama qiladilar.Sessiya qashshoqlikni bartaraf etish, institutlar salohiyati va moliyalashtir

14 Mar 07:22
 
15
0
xs.uz

Oliy Majlis Senati Raisi Nyu-Yorkda Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

Tashrif doirasida T.Norboyeva Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti Viola Amerd bilan uchrashuv oʻtkazdi.Oʻzbekiston va Shveysariya hamkorligini izchil kengaytirish, shu jumladan siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va texnologik sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.Ayni paytda Shveysariya bilan avtomobilsozlik, toʻqimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, chorvachilik, infratuzilma sohalarida 19 ta qoʻshma loyiha amalga o

12 Feb 17:12
 
32
0
xs.uz

Pilla fermer va klaster oʻrtasida erkin narxda tuziladigan shartnoma asosida yoki birja orqali sotiladi

Prezident ipakchilikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratib, tarmoqda keskin oʻzgarish qilish zarurligini taʼkidladi.Vyetnam va Xitoy tajribasi asosida pillani sanoat usulida yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi, pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligi oshiriladi.Buning uchun ikki bosqichda bozor tamoyillariga oʻtiladi.Birinchi bosqichda bu yil pilla narxi 25 foizga oshiriladi. Aholiga pilla yetishtirish uchun subsidiya beriladi va pilla yetishtiruvchilar daromad soligʻidan ozod qi