calendar 11 Apr 12:30
eye 21
comments 0
comments Manba: qalampir

Erdo'g'an Ukrainaning NATOga qo'shilishini qo'llab-quvvatladi

image
image

Avvalroq, Ukraina Prezident Vladimir Zelenskiy Turkiyaga tashrif buyurib, Rajab Toyib Erdo'g'an bilan muzokaralar o'tkazgani haqida xabar bergan edik.

Tashrif davomida Prezidentlar raisligida Turkiya-Ukraina oliy darajadagi hamkorlik kengashining to'qqizinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish yakuni bo'yicha davlat rahbarlari 20 punktdan iborat deklaratsiya imzoladi.

Qayd etilishicha, Turkiya va Ukraina Prezidentlari Rajab Toyib Erdo'g'an hamda Vladimir Zelenskiy Ukrainaning NATOga aʻzoligini qo'llab-quvvatlagan.

"Ukrainaning NATOga aʻzo bo'lish istiqbollarini, xususan uning yaqin kelajakda aʻzolik bo'yicha harakatlar rejasiga ega bo'lishini qo'llab-quvvatlashga qaror qilindi", deyiladi hujjatda.

Tomonlar iqtisodiyot, savdo, sayyohlik, xavfsizlik, mudofaa sanoati, ilm-fan, taʻlim va yoshlar sohalaridagi hamkorlikni faollashtirishga kelishib olgan. Bundan tashqari, terrorizm, separatizm va ekstremizmning barcha shakl va ko'rinishiga qarshi kurashda o'zaro aloqalarni kuchaytirish to'g'risida qaror qabul qilingan.

Tomonlar transmilliy jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik, noqonuniy migratsiya, giyohvandlik vositalari, qurol-yarog' va odam savdosining oldini olishga qaratilgan qo'shma tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olgan. Bitimlardan biri "ekstraditsiya bo'yicha so'rovlarni tezkor ko'rib chiqish"ni taʻminlashga tegishli.

Kiyev va Anqara ikki tomonlama va ko'p tomonlama mexanizmlar, shu jumladan NATO doirasida barqarorlik va xavfsizlikni taʻminlash maqsadida Qora dengiz mintaqasidagi o'zaro hamkorlikni qo'llab-quvvatlashlarini tasdiqlagan. Tomonlar, shuningdek, erkin savdo shartnomasi bo'yicha muzokaralarni yakunlash bo'yicha ishlarni tezlashtirishga qaror qilgan.

NATO tomon talpinayotgan Kiyev 

Donbassda harbiy harakatlarning keskinlashuvi fonida Ukraina NATOga qo'shilish masalasini ko'tardi. 5 va 6 aprel kunlari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, Buyuk Britaniya va Kanada Bosh vazirlari Boris Jonson va Jastin Tryudo bilan muzokaralar o'tkazdi. 

O'z navbatida, AQSh, Buyuk Britaniya, Latviya va endilikda Turkiya ham Ukrainaning NATOga qo'shilishi maʻqullagan bo'lsa, Rossiya esa aksincha, buni salbiy baholamoqda.

"Ukrainaning NATOga qo'shilishi mamlakatning ichki muammolarini qandaydir tarzda hal qilishiga yordam berishiga shubha qilamiz. Bu Donbassdagi vaziyatni faqat og'irlashtirishi mumkin", degan edi Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:08
 
42
0
qalampir.uz

Tramp Baydenni debatga chaqirdi

Kecha, 6 mart kuni AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarning amaldagi yetakchisi Jo Baydenni debatga taklif qildi. U bu haqda Trurh Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi. "Jo Bayden va men Amerika va uning xalqi uchun juda muhim bo‘lgan masalalarni muhokama qilishimiz mamlakatimiz farovonligi uchun g‘oyat ahamiyatlidir. Shuning uchun men munozara o‘tkazishni talab qilaman. Istalgan vaqtda, istalgan joyda", deb yozgan Tramp. Jo Bayden

07 Mar 20:08
 
59
0
qalampir.uz

Afg‘onistonda kuchli sovuqdan 20 ga yaqin odam halok bo‘lgani aytildi 

Afg‘onistonning yetti viloyatida kuchli qor va sovuq oqibatida 30 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Panjshir, Sarpol, Balx, Faryob, Qandahor, Tohar va Samanganda 30 ming 858 bosh qoramol o‘lgan. Balx viloyatining o‘zida bir necha kun ichida 11 418 bosh qoramol sovuqqa chiday olmay nobud bo‘lgan.  Rasmiylar transport yo‘llarini qordan tozalash, viloyatning chekka hududlarida qolgan aholiga chorva yemi va oziq

11 Apr 14:01
 
31
0
xs.uz

Ural daryosida suv sathi 872 santimetrga koʻtarildi

Ural daryosida'suv sathi kuniga 16 sm ga oshib, 872 sm ga yetdi. Bu haqda shahar meriyasi maʼlum qildi.'Ural daryosidagi suv sathi kuniga 16 santimetrga oshdi. Orenburg gidrometeorologiya markazining maʼlumotlariga koʻra, 8-aprel kuni ertalab soat sakkizda Orenburg yaqinidagi Ural daryosida suv sathi 872 santimetrga yetgan', ' deyiladi xabarda.Orenburg viloyatining Orsk shahrida 5-aprel kuni Ural daryosidagi toʻgʻon buzilib, shaharning bir qismi suv ostida qolgan edi.Meriya Orenburg viloyat

07 Mar 20:08
 
42
0
qalampir.uz

Kissinjer tirik bo‘lganida, siyosiy iroda topilar edi – Peskov

Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov yadro urushi “vidolashuvning oxirgi chorasi” ekanini aytdi. Bu haqda u “Bilim. Birinchi” ta’lim marafonida so‘z ochdi.  “Bu odamlar (G‘arbdagi) yadro urushidan qo‘rqishadimi, bilmayman. Agar ular inson bo‘lsa, ular o‘zlarini himoya qilish darajasida qo‘rqishlari kerak. Insonda o‘zini himoya qilish instinkti bo‘lishi, qo‘rquv bo‘lishi kerak. Yadro urushi – so‘nggi chora, xayr