calendar 08 Apr 19:30
eye 15
comments 0
comments Manba: qalampir

Sankt-Peterburgda O'zbekiston fuqarosi pichoqlab ketildi 

image
image

Sankt-Peterburgning Petrograd tumanida 22 yashar O'zbekiston fuqarosi pichoqlangan holatda topildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda. 

Huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaning OAVga maʻlum qilishicha, joriy yilning 6 aprel kuni soat 16:30 atrofida Xare orolida joylashgan "Koryushka" restorani yaqinidan bir kishi pichoqlangan holatda topilgan.  

Voqea joyiga yetib kelgan huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar qorin bo'shlig'i pichoq bilan yaralangan shaxs 22 yoshli O'zbekiston fuqarosi ekanini aniqlagan. 

Yigit rus tilini yaxshi bilmasligi sababli hyech narsani tushuntirolmagan. U og'ir ahvolda Elizavet shifoxonasiga yotqizilgan. 

Biroz vaqt o'tgach, Chkalovskiy prospektida 21 yashar o'zbekistonlik ushbu og'ir turdagi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib hibsga olingan. 

Ayni paytda jinoiy ish qo'zg'atish masalasi hal qilinmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:12
 
50
0
xs.uz

“Talabalar bahori” festivali: “Har bir yoshga — bir nihol” aksiyasida yoshlar katta ishtiyoq bilan qatnashmoqda

Farhod Esonov/'Xalq soʻzi'. 'Talabalar bahori' yoshlar festivali doirasida Termiz tumanidagi Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish markazida 'Hashar ' biz yoshlarga yarashar' shiori ostida 'Har bir yoshga ' bir nihol' aksiyasi oʻtkazilmoqda.Tadbir avvalida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bugungi kunda Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida turli yoʻnalishlarda, shu jumladan taʼlim sohasida ham hamkorlik mustahkamlanib borayotgani alohida taʼkidlandi. Sohada ilk hamkorlikning debochasi si

11 Apr 13:59
 
26
0
qalampir.uz

Hayit kuni jamoat transporti bepul xizmat ko‘rsatadi

Ramazon hayiti bayramining birinchi kuni (10 aprel) respublikadagi barcha jamoat transporti vositalari soat 4:00 dan 10:00 ga qadar aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi.  Bu qaror Vazirlar Mahkamasining Ramazon hayiti bayramini osoyishta va yuqori kayfiyatda o‘tkazishga bag‘ishlagan videoselektor yig‘ilishida qabul qilingan.  Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramazon hayiti kuni Toshkent avtobuslari va metro soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlashi aytilgan edi

11 Apr 13:59
 
20
0
qalampir.uz

Mirziyoyev va Erdo‘g‘an bir-birini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 9 aprel kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas Ramazon hayiti bilan bir-birini samimiy tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Davlat rahbarlari qardosh O‘zbekiston va Turkiya xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilagan. “O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamro

14 Mar 07:22
 
28
0
xs.uz

Tanzila Norboyeva Nyu-York shahrida BMT Ayollar holati boʻyicha komissiyasining 68-sessiyasida ishtirok etmoqda

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozim, Komissiya BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining ishchi organi boʻlib, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish va ilgari surish boʻyicha xalqaro standartlarni hamda ularning bajarilishi yuzasidan takliflarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.Ikki hafta davom etadigan tadbirda BMT va fuqarolik jamiyati vakillari Pekin deklaratsiyasining amalga oshirilishini muhokama qiladilar.Sessiya qashshoqlikni bartaraf etish, institutlar salohiyati va moliyalashtir