calendar 25 Mar 03:30
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir

Farg'ona viloyatining ikki hududiga yangi prokurorlar tayinlandi

image
image

Bosh prokuraturaning murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Sherzod G'ulomaliyevich Madumarov Quvasoy shahri prokurori etib tayinlangan.

Sherzod Madumarov 1974 yilda Marg'ilon shahrida tug'ilgan bo'lib, Farg'ona davlat universiteti hamda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2002–2018 yillarda Farg'ona viloyati va Toshkent shahridagi prokuratura organlarida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2018–2019 yillarda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi prokurori, katta prokurori, 2019–2021 yillarda esa Bosh prokuraturaning murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Bosh prokuratura boshqarma boshlig'ining o'rinbosari Akmal Murotovich Fozilov Bog'dod tumani prokurori etib tayinlangan.

Akmal Fozilov 1987 yil Uchko'prik tumanida tug'ilgan.

2008–2014 yillar davomida Farg'ona viloyati prokuraturasi organlarida, 2014–2018 yillarda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida bo'lim katta prokurori, bo'lim boshlig'i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʻminlash boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida ishlagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Feb 17:12
 
42
0
xs.uz

Bog‘cha va maktablar qurish bo‘yicha buyurtmachi kompaniya tashkil etiladi

Qarorga ko'ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi tashkil etiladi (Kompaniya).2024'2026-yillarda O'zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Kompaniya maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumta'lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash bo'yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi.Unga obyektlar uchun ma

07 Mar 20:11
 
33
0
qalampir.uz

Mirziyoyev O‘zbekiston ayollarini bayram bilan tabrikladi

Bugun, 7 mart kuni Toshkent shahrida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. “Biz har yili bu kunni intiqlik, qalbimizda ajib iliqlik bilan kutamiz. Ushbu shukuhli ayyomda hammamiz bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib, mehr va tarbiya berib voyaga yetkazgan buyuk ona siymosiga, mo‘’tabar ayol zotiga ta’zim qilamiz. Zero,

07 Feb 10:54
 
43
0
qalampir.uz

O‘zbekistonning Sank-Peterburgdagi konsulxonasiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekistonning Rossiyaning Sank-Peterburgdagi konsulxonasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.  Qayd etilishicha, Bosh konsul etib tayinlangan Abdurahmon Mahmudov  allaqachon Rossiya shimoliy poytaxtiga yetib borgan.  U Namangan davlat universiteti (bakalavr) va Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura)ni tamomlagan. 37 yoshli diplomat Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida, Tashqi ishlar vazirligi tu

12 Feb 17:12
 
31
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari tasdiqlandi

Qoidalar Oʻzbekiston hududidagi barcha tabiiy suv havzalarida faoliyat olib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.Qoidalar sunʼiy suv havzalari hamda tabiiy suv havzasi hisoblanmaydigan irrigatsiya tarmoqlaridagi qafas (sadok) moslamalarida intensiv baliq yetishtirish texnologiyasi va akvakulturaga nisbatan tatbiq etilmaydi.Tabiiy suv havzalarida quyidagi baliq ovlash qurollari va vositalaridan foydalanish taqiqlanadi:' yoyma toʻrlar (nakidka);' ikki tomonlama mahkamlanadiga