calendar 31 Jan 15:20
eye 24
comments 0
comments Manba: xs

Yanada halokatli virus. JSST yangi pandemiya ehtimoli haqida ogohlantirdi

image

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Nipax yoki NiV deb nomlanuvchi virus tufayli yangi pandemiya kelib chiqishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb yozadi «Izvestiya».

Ushbu virus ilk bor 1999-yilda Malayziyaning Nipax daryosi boʻyida choʻchqa boqish bilan shugʻullangan fermerlar orasida aniqlangandi. Kasallikning nomi ham shundan kelib chiqqan. Shundan soʻng Janubiy Osiyoda mazkur infeksiya tarqalgan 12 ta oʻchoq paydo boʻlgan.

Maʼlum qilinishicha, NiVʻga chalingan bemorlar oʻrtasida oʻlim koʻrsatkichi 40 — 75 foizni tashkil etadi. Boz ustiga, u juda tez tarqaladi. Infeksiya ham belgisiz kechishi, ham oʻlimga olib keluvchi ensefalit(bosh miyaning yalligʻlanishi)ni keltirib chiqarishi mumkin. Hozircha unga qarshi dori yaratilmagan.

Uchar tulkilar(xuddi koʻrshapalaklar kabi qoʻlqanotlilar turkumiga kiruvchi sut emizuvchi) virusning tabiiy tarqatuvchilari hisoblanadi. Ular asosan Janubiy Xitoy, Janubi-sharqiy Osiyo, Yangi Gvineya, Avstraliya va Afrikada keng tarqalgan boʻlib, asosan mevalar nektarlari bilan oziqlanadi. Bu maxluqlarning oʻzlariga esa infeksiya salbiy taʼsir qilmaydi.

Olimlarning virus odamlarga kasal choʻchqalar, shuningdek, mevalar(birinchi navbatda xurmo(finik), finik palmasi sharbati) isteʼmolidan soʻng yuqqanini aniqlashgan.

JSST NiVʻdan profilaktika qilish uchun uchar tulkilarni finik palmasi va boshqa sarxil oziq-ovqat mahsulotlariga iloji boricha yaqinlashtirmaslikni tavsiya etmoqda. Yangi yigʻib olingan finik sharbatini qaynatish, mevalarini esa yuvish hamda tanovvul qilishdan oldin poʻstlogʻini olib tashlash kerak.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti oʻz navbatida virusni odamdan odamga yuqish xavfini kamaytirish yoʻllarini ham aytdi. Buning uchun NiV infeksiyasi bilan kasallangan bemor bilan aloqa qilishdan tiyilish, qoʻllarni doim yuvib yurish va individual himoya vositalaridan foydalanish zarur.

  


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Mar 17:21
 
30
0
qalampir.uz

Rossiya armiyasi Xarkov viloyatini o‘qqa tutdi

Bugun, 8 martga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Xarkov viloyati Chuguyev shahriga raketa hujumlarini amalga oshirdi. Bu haqda Xarkov viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Oleg Sinegubov va viloyat politsiyasining Telegram-kanallarida xabar berildi. Aytilishicha, hujum oqibatida do‘konlar, mehmonxona va 13 ga yaqin avtomobil zarar ko‘rgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, uch kishi jarohatlangan. Oldinroq 7 mart kuni Rossiya harbiylari Sumi viloyatini o‘qqa tutg

01 Feb 20:13
 
45
0
qalampir.uz

Yevropa Ittifoqi sammiti fonida mingga yaqin fermerlar namoyishga chiqdi

Bugun, 1 fevral kuni yevropalik fermerlar Yevropa Ittifoqi davlat rahbarlari yig‘ilgan Bryusselga bordi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, fermerlar - asosan belgiyaliklar, fransuzlar va italiyaliklar - Yevropa Kengashi binosidan unchalik uzoq bo‘lmagan Lyuksemburg maydonida o‘t yoqib yuborgan. Bu sektor, shuningdek, Shuman aylanma yo‘li aksiya markaziga aylandi.  Italiya fermer xo‘jaliklari kasaba uyushmalarining asosiy ko

08 Feb 05:00
 
25
0
xs.uz

Paygʻambarning qilichi, Sulton taxti, 86 karatli olmos — Istanbuldagi Topkapi saroy muzeyi yana nimalari bilan mashhur

Istanbulning Fotih shahrida joylashgan Topkapi saroy muzeyi Usmonlilar imperiyasining 600-yillik tarixida 400-yil davomida davlatning maʼmuriy markazi va Usmonli sultonlarining rasmiy qarorgohi boʻlgan. Bir paytlar 4000 ga yaqin aholini qabul qilgan saroyga har yili yuz minglab odamlar tashrif buyurishadi.Topkapi saroy muzeyi tarixi 1460-yilga borib taqaladi. Sulton Mahmud Fotih tomonidan Istanbul fath qilinganidan keyin qurilgan ushbu saroy 1478-yilda qurib bitkazilgan. Turkiya Respublikasi t

09 Feb 12:04
 
32
0
qalampir.uz

Musobaqada qatnashmagan Qodirovning o‘g‘li medal bilan taqdirlandi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li, 16 yoshli Adam Qodirov Dubayda bo‘lib o‘tgan BAA SWAT Challenge maxsus kuchlari musobaqasida medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Checheniston parlamenti raisi Magomed Daudov e’lon qilgan videolavhada aytiladi.  Musobaqa veb-saytida qayd etilishicha, u bellashuv Dubay politsiyasi tomonidan tashkil etilgan. Musobaqaning to‘rtinchi kuni yakunida eng yaxshi natijani Ichki ishlar vazirligining Checheniston bo‘yicha maxsus polki j