calendar 31 Jan 09:30
eye 18
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga yangi o'rinbosar tayinlandi

image
Siyosat
Havola olish
7 0 0

Tayinlovga qadar Olimxon Rustamov O'zbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirining o'rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Olimxon Rustamov O'zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o'rinbosari etib tayinlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni tegishli farmonga imzo chekdi.

Tayinlovga qadar Rustamov O'zbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirining o'rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Undan oldin Hisob palatasi, "O'zbekneftgaz" AJ, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" DK hamda boshqa idora va tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan.

Olimxon Rustamov yangi lavozimida investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya loyihalari amalga oshirilishning samarali monitoringini olib borish, rivojlanish davlat dasturlari va investitsiya dasturlari, shu jumladan hududiy investitsiya dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda Respublika viloyatlari va erkin iqtisodiy zonalarini rivojlantirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga masʻul bo'ladi.

Shuningdek, uning vazifalariga ijtimoiy soha, turizm va qurilish materiallari tarmog'ining sohaviy rivojlanishini muvofiqlashtirish masalalari kiradi.

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Mar 07:23
 
26
0
xs.uz

Makron, Shols va Tusk 15-mart kuni Berlinda Ukraina boʻyicha uchrashuv oʻtkazadi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Polsha bosh vaziri Donald Tusk 15-mart kuni Berlinda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashib, Ukrainadagi vaziyatni muhokama qiladi. Bu haqda 'Politico' gazetasi oʻz manbalarga tayanib xabar berdi.Nashr qayd etishicha, kunning ikkinchi yarmida fransuz va nemis siyosatchilari ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazadi, soʻngra ularga Polsha bosh vaziri ham qoʻshiladi. 'Politico' bu 'Veymar uchburchagi'ning 2023-yil dekabrida Tusk hukumat rahbari lavozimini

11 Apr 14:01
 
24
0
xs.uz

Telegramda shaxsni tekshirish uchun noodatiy funksiya joriy etiladi

Telegram foydalanuvchilari kaftini oddiy skanerlash orqali oʻz shaxsini tasdiqlashi mumkin boʻladi.Ushbu tashabbusning bir qismi sifatida 'TON Sociyety' dasturda ishtirok etishni istagan foydalanuvchilar uchun mukofot sifatida 1 mln. 'Toncoin' (taxminan 6,5 mln. AQSH dollar) taqdim etadi.Loyihaning maqsadi ' kelgusi 5-yil ichida 500 mln. Telegram foydalanuvchisini xavfsiz raqamli identifikator bilan taʼminlash. Ushbu texnologiya 'airdrops' yoki tranzaksiya tahlili kabi identifikatsiyani teksh

07 Mar 20:08
 
42
0
qalampir.uz

Rossiya hindlarni Ukrainaga qarshi urushga yuborgani ma’lum bo‘ldi 

Rossiya armiyasi tarkibida 20 ga yaqin Hindiston fuqarolari borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar berdi. Yollanma askarlarning oila a’zolariga ko‘ra, hindlar aldov yo‘li bilan urushga jalb qilingan. Hindiston hukumati fuqarolarini qaytarib olish bilan shug‘ullanmoqda.  “Biz ulardan ba’zilarini ortga qaytardik va qolganlarini ham qaytarish ustida ishlayapmiz”, deydi Hindiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Financial Times

08 Mar 10:25
 
38
0
qalampir.uz

Hindiston Xitoy chegarasiga o‘n ming askar jo‘natdi

Hindiston Xitoy bilan chegarani qo‘riqlash uchun o‘n ming askardan iborat qo‘shimcha kuch ajratdi va shu bilan bu hududda xizmat qilayotgan qo‘shinlari sonini ikki barobarga ko‘paytirdi. Bu haqda Bloomberg agentligi hindistonlik amaldorlarga tayanib, xabar berdi. Unga ko‘ra, avvallari mamlakatning g‘arbiy chegarasida xizmat qilgan 10 ming askardan iborat kuch endi Xitoy bilan bahsli chegaraning bir qismini mustahkamlash uchun safarbar etilgan. Bundan tashqari, Hindistonning X