Jastin Getji: “Ayni vaqtda UFC va butun dunyoda Habibni yenga oladigan jangchi yo‘q”

Yengil vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchisi Jastin Getji (22-3) mazkur divizion chempioni Habib Nurmagomedov (29-0) haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Getty Images

Habib juda kuchli, juda. Parter vaqtida pozitsiyasini ajoyib tarzda o‘zgartiradi, zarbalarga dosh berishi ham a’lo darajada. Unga yaxshi zarba berdim, u esa yuz tuzilishini o‘zgartirmadi ham. Uning og‘riq sezganini bilaman, biroq u buni ko‘rsatmadi.

Unda ajoyib jeb zarbasi bor, juda samarali, chunki u vaziyatini juda tez almashtira oladi. U o‘z holatini o‘zgartirgan vaqtda raqibning yuziga har safar jeb zarbasi yo‘llaydi.

UFC’da va butun dunyoda hozir kimdir bu yigitni yengil vazn toifasida mag‘lub eta olishiga ishonmayman.

Jastin Getji, UFC jangchisi

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 24-oktabrida Habib Nurmagomedov UFC 254 musobaqasida Getji bilan to‘qnash kelgandi. Unda rossiyalik yakkakurashchi ikkinchi raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab, raqibini taslim etgan va jangdan keyin faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!