Yer yuzidagi mitti narsalarning eng yaxshi suratlari

“Agora” mobil dasturi fotosuratchilar uchun butun dunyodagi professionallar suratlari tanlovini e’lon qildi. Natijada mayda asalari va ninachilardan tortib, tabiatning mo‘jizalarini o‘zida namoyon qilgan 14000 dan ortiq mitti narsalarning suratigacha taqdim etildi.

Dunyoga ilk nazar

Bangladeshlik suratkash qora boshli monarx jo‘jasining suratini tanlovga taqdim etgan. Dasturda go‘dakning surati eng ko‘p ovoz to‘plagan va bosh sovrin − 1000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan.

Foto: Travel ask

Kichkintoy dengizga yo‘l oldi

Ushbu surat Samos plyajidagi toshbaqalarni ozod qilish vaqtida olingan.

Foto: Travel ask

Qora-sariq dengiz oti

So‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab dengiz otlari kamayib bormoqda va ularning 14 turi yo‘qolib ketish xavfi ostida.

Foto: Travel ask

Ninachining kattalashtirilgan surati

Muallif bu bilan inson ko‘zi ko‘ra olmaydigan tasvirni namoyon qilgan.

Foto: Travel ask

Xaritadagi nuqta

Suratda Uglich suv omborining o‘rtasida turgan Nikolskiy majmuasining qo‘ng‘iroq minorasi aks etgan. Ushbu surat rossiyalik suratkash tomonidan taqdim etilgan.

Foto: Travel ask

Krater ustida sayohat

Yomg‘ir sabab bu yerga yetib borish juda qiyin bo‘lgan. Boshqa vaqtlarda bu yerdan odamlarning qancha kichkina ko‘rinishini kuzatish mumkin.

Foto: Travel ask

Adashgan qushlar

Qushlar bir parcha ovqat topish uchun bir joydan ikkinchi joyga sayr qiladi.

Foto: Travel ask

Uzoq tomosha qilish mumkin bo‘lgan surat.

Foto: Travel ask

Tam Ten baliq bozori

Bozor plyajda apreldan sentyabrga qadar ochilsada, eng yirik mahalliy dengiz mahsulotlarining ulgurji bozori hisoblanadi.

Foto: Travel ask

Moychechakli tomchi

Muallif ilk bora bunday ajoyib kadr bilan bo‘lishdi. Bir tomchi suvda gul aksini qo‘lga kiritish uchun qancha mashaqqat chekish kerak.

Foto: Travel ask