calendar 08 Oct 06:40
eye 18
comments 0
comments Manba: sof

Jyerar Depardye ishtirok etgan O'zbekiston haqidagi film Frantsiya TVsida namoyish etildi

image

O'zbekiston Respublikasining Frantsiyadagi elchixonasi hamda O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, «B-Tween» frantsuz kinokompaniyasi bilan hamkorlikda "Paris Première" telekanali uchun «Mon rêve ouzbek» (Mening o'zbekcha orzuyim) nomli hujjatli filmini 2019 yilda tasvirga olishgan edi va mana 2020 yil 7 oktyabr kuni soat 22:50 da "Paris Première" telekanalida efirga uzatilmoqda.

Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi axborot xizmati maʻlum qildi.

Bosh qahramon film davomida o'zbek xalqining mehmondo'stligi va O'zbekistonning boy tarixiy hamda madaniy merosini ko'rib, o'z hayratlarini ifoda etadi:

«O'zbekistonga noyob jug'rofiy o'rin (hudud) tuhfa etilgan. Osiyoning qoq yuragida joylashgan bu mamlakat o'zidan tashqaridagi mamlakatlarning madaniyatidan ko'plab madaniy anʻanalarni to'pladi va shu bilan birga o'z tajribasini tashqi olamga yetkazdi», - degan iliq fikrlar bildirgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:07
 
69
0
postda.uz

TUG‘ILGAN KUNIMIZNI TO‘RT YIL KUTAMIZ

2000-yili Xonqa tumanida tug‘ilganman. Maktabga borgach, tug‘ilgan kunim har yili nishonlanmasligini anglab, juda xafa bo‘lganman. Ota-onam meni ovutish uchun 28-fevral kuni sinfdoshlarimni uyimizga taklif qilib, tug‘ilgan kunimni nishonlashardi. Lekin bu bazmlar negadir menga tatimasdi. Bir gal yangi yil arafasida opam Iroda 2012-yil taqvimini sovg‘a qildi. Taqvimdagi 29-fevral sanasini ko‘rib, quvonchim ichimga sig‘may ketdi. Bu taqvim men uchun eng qadrli sovg‘a bo‘lgandi o

07 Mar 20:13
 
38
0
xs.uz

Beshariqlik gulchi gul koʻchatlari yetishtirib yiliga oʻrtacha 300 million soʻm sof daromad olmoqda

Botir Madiyorov/ 'Xalq soʻzi'. Beshariq tumanining 'Doʻstlik' MFY hududida istiqomat qiluvchi Shuhratjon Xoʻjaqulov xonadonidagi 10 sotixli issiqxonada bir va koʻp yillik gul koʻchatlari yetishtirish bilan shugʻullanadi.Ayni paytda issiqxonada 100 xildan ortiq gul koʻchatlari parvarish qilinadi. Shu tariqa oila aʼzolaridan tashqari, 20 nafar mahalladoshlari doimiy va mavsumiy ish oʻrni bilan taʼminlangan.2023-yili issiqxonada yetishtirilgan gul koʻchatlaridan 300 million soʻmdan ziyo

14 Mar 07:23
 
35
0
xs.uz

FAO Oʻzbekistonda RECSOIL tashabbusini ilgari suradi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) va Global tuproq hamkorligi (GSP) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va bir qator hamkorlar bilan birgalikda Toshkentda 'Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi yerlarini qayta karbonlashtirish (RECSOIL)' tashabbusining boshlanishiga bagʻishlangan kirish seminarini oʻtkazdi.Tashabbus Global Ekologik Jamgʻarmasi (GEF) tomonidan moliyalashtirilayotgan Oʻzbekistondagi FAOning ikkita loyihasi bila

14 Mar 07:23
 
39
0
xs.uz

Toshkentda ijara narxlarining pasayishi sekinlashdi

Fevral oyida Oʻzbekiston koʻchmas mulk bozori faollikning oʻsishi bilan ajralib turdi, uning asosiy omili iqtisodiy faoliyatning kengayishi boʻldi.Koʻrib chiqilayotgan davrda koʻchmas mulkni sotib olish va sotish boʻyicha 22,2 mingta shartnoma tuzilgan. Oʻtgan oyga nisbatan bu koʻrsatkich 2%ga oshgan.Hududiy reyting yetakchilariYil boshida bir qator hududlarda qayd etilgan faollikning pasayishi fevral oyida toʻliq tiklandi. Yuqori oʻsish surʼatlari Toshkent ' 14%, Andijon ' 16% va Fa