calendar 15 Sep 10:30
eye 12
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

O'zbekistonda jamoat joylarida ibodat liboslarida yurish taqiqi bekor qilinishi mumkin

image
Jamiyat
Havola olish
17 0 0

Qonunchilik palatasi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi qonun loyihasini (yangi tahrirda) qabul qildi. Hujjat fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo'l qo'ymaslik talabini bekor qilishni nazarda tutadi.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi O'zbekiston qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihasi birinchi o'qishda qabul qilindi. Bu haqda parlament quyi palatasi deputati Rasul Kusherbayev telegram kanalida maʻlum qildi.

O'zLiDeP fraktsiyasi aʻzosining maʻlum qilishicha, qonun loyihasida, xususan, quyidagilar belgilanmoqda:

  • har bir shaxsning diniy taʻlim muassasalarida professional taʻlim olish, shuningdek, ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan o'z farzandlariga diniy amaliyot asoslari va odob-axloq qoidalarini (uy sharoitida taʻlim berish) o'rgatish huquqini berish;
  • diniy tashkilotlar mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) bo'yicha sudga murojaatlar qilganda davlat bojini to'lashdan ozod etish;
  • diniy tashkilot ro'yxatdan o'tish jarayonida mahalla ishtirokini bekor qilish;
  • mahalliy diniy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazish uchun talab qilinadigan shaxslar sonini 100 tadan 50 tagacha qisqartirish;
  • fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo'l qo'ymaslik talabini bekor qilish.

Qonun loyihasi uchta o'qishda ko'rib chiqilib, deputatlar tomonidan maʻqullangan taqdirda Senatga yuboriladi.

O'zbekiston Maʻmuriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 1841-moddasiga muvofiq (1998 yilda kiritilgan) O'zbekiston fuqarolarining (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʻmuriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 14:01
 
45
0
xs.uz

Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlari oshiriladi va bandligi taʼminlanadi

Qarorga koʻra, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qoʻyilib, dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari 'E-auksion' elektron savdo platformasi orqali 'mahalla yettiligi'ning tavsiyasi bila

23 Apr 03:35
 
12
0
xs.uz

Jizzax viloyati qurilish materiallari boʻyicha xalqaro forumga mezbonlik qiladi

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-9-aprel kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida 'Basalt Uzbekistan' klasteri tarkibidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qoʻllashni samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish, ushbu yoʻnalishda konferensiya va forumlar oʻtkazish topshirigʻining ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilmoqda.

23 Apr 03:35
 
12
0
xs.uz

Toshkentda oʻquvchilardan sinf fondiga majburiy pul yigʻgan oʻqituvchi ishdan boʻshatildi

Toshkent shahar maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi boshqarmasi ushbu holatga munosabat bildirdi.Maʼlum qilinishicha, ishchi guruh tomonidan umumtaʼlim muassasasida tekshirish ishlari tashkil etilgan.'Yunusobod tumanidagi 257-maktab oʻqituvchisi N.N. noqonuniy xatti-harakatni sodir etganligi sababli maktab maʼmuriyati u bilan tuzilgan shartnomani bekor qilgan. Oʻqituvchi ishdan boʻshatilganligini bildiramiz', deyiladi xabarda.

23 Apr 03:35
 
11
0
xs.uz

Oʻzbekistondagi diplomatik missiya vakillari Jizzaxda boʻlishdi

Said DONISHEV/'Xalq soʻzi'. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi huzuridagi diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosi hamda Jizzax viloyati Turizm boshqarmasi hamkorligida diplomatik korpus vakillari uchun Jizzax viloyatida ikki kunlik sayohat tashkil etildi.Ushbu sayohatni tashkil etishdan maqsad ' Oʻzbekistondagi xorijiy davlatlarning diplomatik korpus vakillarini viloyat tarixi va bugungi zamonaviy koʻrinishi bilan yaqindan tanishtirish, ichki turizmni rivojlantirish va h