Andijon viloyatida yana 14 kishida koronavirus aniqlandi

post

2020 yil 8 sentyabr soat 17:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 44 281 (+174) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 152 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida hamda 2 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko'tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 74 yoshli I.U. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 71 yoshli M.I. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 131 nafar, Toshkent viloyatida 74 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Namangan viloyatida 6 nafar hamda Surxondaryo viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 41 825 (+231) nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog'aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 098 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.