O'zbekistonda koronavirusdan sog'ayganlar 30 mingdan oshdi

image

Bugun, 15 avgust kuni O'zbekistonda 684 holatda kasallik qayd etilgan bo'lib, barchasi tana harorati ko'tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 3 nafar, Navoiy va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo,  Namangan hamda Toshkent viloyatlarida jami 1 382 nafar bemor sog'aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 34 701 nafar bemordan 30 043 nafari sog'ayib, davolanish ko'rsatkichi 86 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infektsiyasidan davolanayotgan 4 432 nafar bemordan 1 021 nafari og'ir, 285 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.