calendar 12 Aug 10:10
eye 24
comments 0
comments Manba: daryo

O‘zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi JCh—2022 saralash o‘yinlari qoldirildi

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Jahon Chempionati—2022 va Osiyo Kubogi—2023 qo‘shma saralash bahslari doirasidagi oktabr va noyabr oyidagi o‘yinlari 2021-yilga qoldirildi. Bu haqda OFK rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab vaziyat tufayli FIFA va OFK 2020-yil yakuniga qadar milliy jamoalar ishtirokida rasmiy o‘yinlar o‘tkazmaslikka qaror qilgan. Shu tariqa Jahon Chempionati saralash o‘yinlarining barchasi 2021-yilga qoldirildi.

Hozircha o‘yinlarning yangi sanasi haqida ma’lumot berilmagan.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 saralashining 2-bosqichida 13-oktabrda Yaman, 12-noyabr sanasida Singapur va 17-noyabr kuni Saudiya Arabistoni bilan o‘yin o‘tkazishi kerak edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:10
 
45
0
qalampir.uz

Doston Ro‘ziyev Toshkent “Katta dubulg‘a” turnirida g‘olib bo‘ldi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha nufuzli “Katta dubulg‘a” turniri o‘tkazilmoqda. Bugun, 1 fevral kuni 19 nafar o‘zbekistonlik sportchi bahslarda ishtirokini boshladi. -60 kg vazn toifasida o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazgan O‘zbekiston vakili Doston Ro‘ziyev final bahsida jahon chempionati sovrindori, gruziyalik Georgiy Sardalashvilini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida -52 kg vaznda Gulhayo Jo‘rayeva

07 Mar 20:10
 
54
0
qalampir.uz

Otabek Xolmatov jarohat bilan jang qildi – Top Rank

Kecha, 3 mart tongida o‘zbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatov Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun jang qilib, amerikalik Raymon Fordga qarshi bahsning oxirgi 12-raundida texnik nokautga uchrab, imkoniyatni boy berdi. Jangni tashkil qilgan proumouterlik kompaniyasi Top Rank'ning ma’lum qilishicha to‘qnashuvdan oldin o‘zbekistonlik bokschining jarohati bo‘lgan. 25 yoshli Xolmatov tizzasidan olgan jarohati bilan jang qilgan. “Xolmatov tizzadagi

07 Mar 20:07
 
47
0
postda.uz

G'OLIBLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

Ma'lumki, inson salomatligini mustahkamlash va jismoniy faolligini oshirishda sportning o'rni muhim sanaladi. Ayniqsa, ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirishda ham ayni muddaodir.Shu boisdan, yaqinda Farg'ona viloyati IIB huzuridagi tergov, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari hamda ekspert kriminalistika markazi va ushbu xizmatlarning quyi tizimlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar o'rtasida mini futbol bo'yicha tashkil eti

07 Mar 20:07
 
34
0
postda.uz

BO‘Sh KELMA, UBAYDULLO!

Buxoro shahridagi olimpiya zaxiralari sport kollejida sportning barcha turi bo‘yicha har yili o‘nlab O‘zbekiston, Osiyo hamda jahon chempionlari yetishib chiqyapti. Ularning aksariyati ayni paytda yurt tinchligi, xalq farovonligini ta'minlash maqsadida osoyishtalik posboni bo‘lib xizmat qilib kelishmoqda. Viloyat IIB TVBSO 1-ishg‘ol qilish guruhi katta mutaxassis o‘qchisi, kichik serjant Ubaydullo Mo‘minov shulardan biridir. U.Mo‘minov uch yildirki, shu lavozimda xizmat qi