calendar 10 Aug 10:40
eye 13
comments 0
comments Manba: sof

Buxoro amiridan qolgan Qurʻon kitobi, muhr va kamarbandni 500 ming dollarga sotayotgan Milliy gvardiya xodimi qo'lga olindi

image

Buxoro viloyatida fuqaroga tegishli amir Muzaffarxondan qolgan muhr va kamarband, shuningdek, muqaddas Qurʻon kitobining teriga yozilgan nusxasini aldov yo'li bilan sotishga uringan sobiq IIB hamda Milliy gvardiya xodimi qo'lga olindi. Bu haqda «Daryo»ga Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Maʻlum bo'lishicha, Buxoro shahrida yashovchi 65 yoshli fuqaro M.A. o'ziga meros qolgan amir Muzaffarxon davriga oid muhr, kamarband va muqaddas Qurʻon kitobining teriga yozilgan nusxasini sotish niyati borligini maʻlum qilgan. Bundan xabar topgan ota-o'g'il — IIBning nafaqadagi xodimi A.A. va uning o'g'li, Milliy gvardiya safdori B.B. vaziyatdan foydalanib, daromad orttirishni maqsad qiladi.

Ota-o'g'il til biriktirib, fuqaroga ushbu tarixiy qiymatga ega buyumlarini sotib berishini, evaziga pulning 20 foizini, yaʻni ularning har biriga 50 ming dollardan 100 ming dollar berishini so'ragan va ko'ndirgan.

Tez orada xaridor ham topilgan. Biroq xaridor A.J. qimmat narx — 500 ming dollarga sotilayotgan ushbu buyumlar biror-bir muzeydan o'g'irlanganmi yoki ular soxtami degan fikrga borgan va huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan.

Arizaga asosan DXX viloyat boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tadbirda ota-o'g'il 72,1 gramm og'irlikdagi olmosni 500 ming dollarga hisoblab, 4,5 milliard so'm hamda 50 ming dollarga noqonuniy sotayotgan vaqtida qo'lga olingan.

Xonadonni ko'zdan kechirish davomida qora rangli qimmatbaho tosh, amir Muzaffarxon davriga oid muhr, bir dona kamarband va bir dona hamyon ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Buxoro viloyat boshqarmasi

Tergov-surishtiruv jarayonlarida tarixiy boyliklar ota-bolaning qo'shnisi fuqaro M.A.ga tegishli ekanligi, meros bo'lib qolgani aniqlangan.

Holat yuzasidan departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilayotgan bo'lib, ashyoviy dalil tariqasida olingan buyumlarning tarixiy qiymatligini tekshirish uchun ekspertiza tayinlangan.

Ekspertiza xulosasidan kelib chiqib, ota-o'g'ilga Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:07
 
24
0
postda.uz

ISLOHOTLAR – YUQORI SAMARADORLIK GAROVI

Xususan, davlatimiz rahbarining 2020-yil 7-yanvardagi qarori asosida Toshkent, Buxoro, Andijon hamda Navoiy viloyatlarida yangi qo‘shilma va harbiy qismlar tashkil etildi, ularning moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasi tubdan qayta ko‘rib chiqilib, zamonaviy jihozlanishi yo‘lida ulkan ishlar qilindi. Qo‘shinlarning jangovar va safarbarlik shayligini tashkil etishda asosiy e’tibor harbiy xizmatchilarning malakasini oshirish, jangovar shaylik rejalarini qayta ishlab chiqish­ga qaratild

07 Mar 20:07
 
23
0
postda.uz

HARBIY QISMGA SAYOHAT

Pop tumanining 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi 6817 nafar yosh Ichki ishlar organi masʼul rahbarlariga biriktirilgan bo‘lib, ular bilan bir qator manzilli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.Pop tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari, podpolkovnik Muzaffar Nu'manov 7-sonli umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari bilan harbiy qismga sayohat uyushtirdi. Bundan ko‘zlangan maqsad, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirish, ularni har tomonlama rivojlantirish, qatʼi

12 Feb 17:12
 
35
0
xs.uz

2023-yilda qaysi hududda eng koʻp goʻsht yetishtirilgan?

Goʻsht yetishtirish hajmi 2022-yil bilan solishtirilganda 3,9 % ga oshgan.Hududlar kesimida yetishtirilgan goʻsht (tirik vaznda) hajmi:' Qoraqalpogʻiston R. ' 123,8 ming tonna;' Andijon viloyati ' 193 ming tonna;' Buxoro viloyati ' 297,8 ming tonna;' Jizzax viloyati ' 237,3 ming tonna;' Qashqadaryo viloyati ' 325,9 ming tonna;' Navoiy viloyati ' 188,3 ming tonna;' Namangan viloyati ' 175,9 ming tonna;' Samarqand viloyati ' 326,1 ming tonna;' Surxondaryo viloyati ' 214,2 ming tonna;' Sirdaryo

30 Jan 15:36
 
45
0
postda.uz

TANQIDIY BAHO BERILDI

Sirdaryo viloyati IIBda 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.Videokonferensiya ko‘rinishida o‘tkazilgan yigʻilishda sohaviy xizmatlarda amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil axborot berildi. Masʼullarning axboroti bo‘yicha kamchilikka yo‘l qo‘ygan soh