calendar 05 Aug 18:32
eye 22
comments 0
comments Manba: qalampir

Crew Dragon XKSdan Erga qaytmoqda

image
image

Amerika kosmik kemasi Crew Dragon ikki nafar astronavt – Duglas Xerli va Robert Benken bilan Xalqaro kosmik stantsiyadan ayrildi. Bu haqda NASA saytida xabar berilgan.

Kema AQShning sharqiy sohili vaqti bilan soat 19:35 da XKSdan ayrilgan. U bugun, 2 avgust kuni Florida shtati sohillariga yetib keladi. Mutaxassislar Crew Dragon`ning qo'nish joyini ob-havodan kelib chiqib belgilamoqchi.

Erga qaytayotgan astronavtlar Duglas Xerli va Robert Benken lyuk yopilishidan oldin XKS jamoasi bilan xayrlashdi. Stantsiyada amerikalik Kris Kessidi hamda rossiyalik astronavtlar Anatoliy Ivanishin va Ivan Vagner.

Maʻlumot uchun, Crew Dragon kemasi SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi yordamida 30 may kuni Floridadagi kosmodromdan XKS tomon uchirilgandi. Kema XKSga Duglas Xerli va Robert Benkenni olib borgandi.

Bu xususiy kompaniyaning ilk bor koinotga fazogirlarni olib chiqishi bo'ldi. Shuningdek, NASA’ning Space Шuttle dasturi 2011 yilda tugatilgandan keyin amerikalik astronavtlar birinchi marta XKSga Rossiyaning "Soyuz" kemasidan boshqa kemada jo'natilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:57
 
22
0
qalampir.uz

Amerika kosmik kemasi 50 yil ichida birinchi marta Oyga qo‘ndi

Intuitive Machines kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan IM-1 missiyasining “Odysseus” uchuvchisiz qo‘nish moduli Oy yuzasiga qo‘ndi. Bu haqda Amerika kosmik agentligi NASA ma’lum qildi. Qayd etilishicha, “Odysseus”ning Yerdan uchirilishi 15 fevral kuni bo‘lib o‘tgan. U NASA’ning Kanaveral burnidagi Kennedi koinot markazidan ko‘tarilgan. Koinot kemasining Oyga yetib borishi uchun sakkiz kun kerak bo‘ldi. “Odysseus” qo‘nganidan ko

11 Apr 13:57
 
16
0
qalampir.uz

Ispaniyada Telegram'dan foydalanish taqiqlandi

Kecha, 23 mart kuni Ispaniya sudi Telegram ijtimoiy tarmog‘ining mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. Shunday qilib, Ispaniya Milliy sudi sudyasi Santyago Pedraz Telegram messenjerining faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish haqidagi sud qarorini ijro etishni buyurdi. Ammo qaror qachondan kuchga kirishi va qachongacha davom etishi aniq emas. Messenjer hali ham Ispaniyada ishlamoqda. Qayd etilishicha, sud bir nechta media

11 Apr 13:57
 
14
0
qalampir.uz

Sun’iy intellekt insoniyatga tahdid solmoqda

Sun’iy intellekt odamzodning yo‘q bo‘lib ketishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Gladstone AI tomonidan tayyorlangan sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha hisobotda so‘z boradi.  Qayd etilishicha, 2022 yil noyabr oyida boshlangan tadqiqotda hukumat amaldorlari, ekspertlar va OpenAI, Google DeepMind, Anthropic va Meta kabi  yetakchi sun’iy intellekt laboratoriyalari xodimlari bilan 200 dan ortiq tajribalar o‘tkazilgan. Tadqiqot sun’iy intellekt xavfsizligi bo

11 Apr 13:57
 
16
0
qalampir.uz

AQSH Adliya vazirligi Apple'ni smartfonlar bozorini monopollashtirishda aybladi

AQSH Adliya vazirligi va 16 ta shtatning bosh prokurorlari Apple kompaniyasini smartfonlar bozorini monopollashtirishda ayblab, sudga murojaat qildi. Bu haqda Adliya vazirligi tarqatgan press relizida aytiladi. “Apple'ning cheklovchi harakatlari amerikaliklarning yangi smartfonlarga (boshqa ishlab chiqaruvchilardan – tahr.) o‘tishini qiyinlashtiradi, ilovalar, mahsulotlar va xizmatlardagi innovatsiyalarga putur yetkazadi va ishlab chiquvchilar, biznes hamda iste’mol