Ko'p kvartirali uylarda zilzilabardoshlikka taʻsir qiladigan konstruktsiyalar o'rganiladi

2023 yil 1 sentyabrdan qonunchilikka ko'ra, quyidagilarni aniqlash boshlanadi:

- seysmik faol zonada joylashgan seysmik xavfsizligi III-IV toifaga kiruvchi ko'p kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarda (zinapoya yo'laklari, cherdak va umumiy foydalanishdagi oshxonalarda) o'zboshimchalik bilan qurilgan konstruktsiyalar;

- ko'p kvartirali uylarning, shu jumladan ularning yerto'la va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka taʻsir qiluvchi konstruktsiyalarga o'zboshimchalik bilan kiritilgan o'zgartirishlar.