Guliston shahrida O‘zbekiston-Xitoy biznes forumi bo‘lib o‘tdi

Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Bugun Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida O‘zbekiston-Xitoy biznes forumi o‘z ishini boshladi. Ikki mamlakatning 130 dan ortiq kompaniyasining 300 dan ziyod vakillari biznes imkoniyatlarni o‘rganmoqda.
Qayd etish joizki, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi har yili 20-30 foizga ortib bormoqda. Mazkur forum yanada sezilarli natijalar berishiga ishonchimiz komil.
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»