85 mingdan ortiq “MS Exchange” serverlari himoyasiz qolmoqda

“Microsoft” kompaniyasi “Exchange” serverlaridagi zaifliklar sababli tizim dasturlarini yangilashga chaqirgan, ammo mutaxassislarning fikricha 85 000 dan ortiq serverlar tizim yangilanishlarini oʻrnatmaganligi sababli hanuzgacha himoyasiz qolmoqda.

“CVE-2023-21529” nomlanuvchi yangi aniqlangan ushbu zaiflik serverdagi elektron pochta maʼlumotlarini egallashi va zararli havolalarni ishga tushirishi mumkin. Bunday zaifliklar 2020-yilda rossiyalik xakerlar tomonidan davlat tashkilotlariga keng koʻlamli kiberhujumlarni amalga oshirishda qoʻllanilganligi sababli yangilanmagan serverlar uchun jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin.