Buxoroda burgʻulash quvurlarining kamomadi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorovulbozor tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Oʻ.Q.” AJga qarashli “M.” uchastkasi boshligʻi F.Q. oʻzining moddiy javobgarligidagi umumiy bahosi 1,2 mlrd soʻmlik jami 307 dona burgʻulash quvurlari kamomadiga yoʻl qoʻyganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.