Parijda «Samarqandga yo'l. Ipak va oltin mo'ʻjizalari» ko'rgazmasi davom etmoqda

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanʻat va madaniyatni rivojlantirish jamg'armasi ko'magida tashkil etilgan mazkur ko'rgazma 4 iyunga qadar davom etadi.

Ko'rgazmada 300 dan ortiq tarixiy ashyolar, jumladan, zargarlik buyumlari, choponlar va amirlar saroyining zardo'zlik namunalari, ajoyib so'zana, kashta, gilam va ipaklar namoyish etilmoqda.

Shahlo Allanazarova, Frantsiyaning Yuqori Elzas universiteti magistranti:

- Mazkur ko'rgazma O'zbekiston va Frantsiya o'rtasida madaniy rishtalarni yanada rivojlanishiga ulkan hissa qo'shishiga ishonch bildiraman. Bu yerga tashrif buyurayotgan Frantsiya jamoatchilik vakillarida xalqimiz madaniyati va boy tarixi katta taassurot qoldirayotganini taʻkidlashimiz mumkin.