calendar 27 Mar 06:22
eye 8
comments 0
comments Manba: xs

Xushxabar: Navbahor Hamidova jahon chempionatining bronza medaliga ega chiqdi!

image

Hindiston poytaxti Nyu-Deli shahrida ayollar boksi boʻyicha jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Navbahor Hamidova bronza medali bilan taqdirlandi.

-66 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz chorak finalda jazoirlik Imane Xelifga imkoniyatni boy bergan edi. Biroq keyinchalik jazoirlik bokschi diskvalifikatsiya qilindi va uning oʻrniga Hamidova yarim finalchi sifatida qayd etildi.

Shu tariqa, bokschi qizlarimiz ketma-ket ikkinchi bor dunyo birinchiligini medal bilan yakunlashmoqda. Eslatib oʻtamiz, bundan avval Turkiyada oʻtgan JCHda hamyurtlarimiz 2 ta bronza medaliga sazovor boʻlishgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Feb 17:26
 
49
0
xs.uz

Parijda Dzyudo boʻyicha jahon chempionatida vakilimiz bronza medalini qoʻlga kiritdi

Musobaqaning 73 kg gacha boʻlgan vazn toifasidagi bahslar gʻolibi, Ishahara Tatsuki boʻldi. Hamyurtimiz Shaxram Ahadov esa bronzani qoʻlga kiritdi. Osiyo Olimpiya kengashi vitse prezidenti Otabek Umarov sportchilarga medallarni topshirdi.

05 Feb 14:50
 
48
0
qalampir.uz

Jaloliddin Masharipov faoliyatini Eronda davom ettiradigan bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov Eronning “Istiqlol” klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 30 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.  “Jaloliddin Masharipov yaqin ikki-uch kun ichida Tehronda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi”, deyiladi klub xabarida. Ma’lumot uchun, Jaloliddin Masharipov faoliyati davomida BAAning “Shabab Al-Ahli”, Saudiya

07 Mar 20:10
 
28
0
qalampir.uz

Otabek Xolmatov jarohat bilan jang qildi – Top Rank

Kecha, 3 mart tongida o‘zbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatov Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun jang qilib, amerikalik Raymon Fordga qarshi bahsning oxirgi 12-raundida texnik nokautga uchrab, imkoniyatni boy berdi. Jangni tashkil qilgan proumouterlik kompaniyasi Top Rank'ning ma’lum qilishicha to‘qnashuvdan oldin o‘zbekistonlik bokschining jarohati bo‘lgan. 25 yoshli Xolmatov tizzasidan olgan jarohati bilan jang qilgan. “Xolmatov tizzadagi

07 Feb 10:54
 
35
0
qalampir.uz

“Al-Ittihod” futbol tarixidagi eng yirik transferni amalga oshirmoqchi

“Liverpul”ning misrlik futbolchisi Muhammad Saloh yozgi transfer oynasida ingliz klubini tark etishi mumkin. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, futbolchi transferiga hamon Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi qiziqish bildirmoqda. Saudiya klubi Saloh uchun 200 million funt sterling (taxminan 234 million yevro) to‘lashga tayyor. Shu tariqa, “Liverpul”ning Salohni sotishi yangi jahon rekordini o‘rnatishi mumkin. Ho