calendar 07 Feb 16:20
eye 19
comments 0
comments Manba: xs

Oʻzbekiston Prezidenti va Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish muhimligini taʼkidladilar

image

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-fevral kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi va Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida yetakchilar Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi bilan bir-birlarini dildan qutlab, eng ezgu tilaklarini bildirdilar. Xalq Maslahati Raisi Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning ham samimiy tabriklarini yetkazdi.

Oʻtgan yillarda Oʻzbekiston-Turkmaniston munosabatlari doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va ishonchdek ezgu anʼanalarga tayangan holda jadal rivojlanib borgani va bugungi kunda strategik sheriklikdek yuksak darajaga koʻtarilgani alohida qayd etildi.

Ushbu qutlugʻ kunda azaldan yaqin qardoshlik rishtalaridan kelib chiqib va oʻzaro hurmat belgisi sifatida mamlakatlarimiz oʻrtasida doʻstona yordam almashildi – Turkmanistondan yurtimizga suyultirilgan gaz partiyasi yetkazildi, oʻz navbatida Oʻzbekistondan qoʻshni mamlakatga zamonaviy tez yordam mashinalari joʻnatildi.

Bundan tashqari, kuni kecha mamlakatlarimiz poytaxtlarida keng jamoatchilik, milliy diasporalar va diplomatik korpus vakillari ishtirokida tantanali tadbir va konsertlar boʻlib oʻtdi.

Tovar ayirboshlashning oʻsayotgani hamda “Shovot-Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasini barpo etish boʻyicha birgalikdagi ishlar boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi. Transport, energetika, sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlarda muhim kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish sohasida, shu jumladan qoʻshma suv xoʻjaligi komissiyasi doirasida samarali hamkorlik davom etmoqda.

Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasida, shu jumladan hududlar darajasida taʼlim va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari faol roʻyobga chiqarilmoqda.

Oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va mintaqaviy ahamiyatga ega strategik loyihalarni birgalikda ilgari surish uchun imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Telefon orqali muloqot har doimgidek samimiy, ochiq va doʻstona ruhda oʻtdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:11
 
43
0
qalampir.uz

Toshkentdagi shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari yagona tarifga o‘tadi

Joriy yilning 20 martidan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyati shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari yagona tarif (faqat bir zona)ga o‘tkaziladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati xabar berdi. 2024 yilning 20 mart sanasidan shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar yo‘nalishlariga yagona tarif (faqat bir zona)ga o‘tkaziladi. Bunda yo‘lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, balki yo‘nalishga qarab, zonalarga bo‘li

07 Mar 20:12
 
47
0
xs.uz

Yangi O‘zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish – eng muhim vazifamiz bo‘lib qoladi

Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqiAssalomu alaykum, hayotimiz quvonchi, fayzu farishtasi bo'lgan muhtarama onaxonlar, hurmatli opa-singillar, dilbar qizlarim!Bugun siz, azizlar bilan mana shunday tantanali anjumanda uchrashib, barchangizni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollarini Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan qutlash men uchun ulkan sharaf va saodatdir.Barcha-barchangizga samimiy mehrim va cheksiz hurmatimni

11 Apr 14:01
 
23
0
xs.uz

Yangiyoʻl tumanida xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha boshlangan ishlar doimiy tahlil qilinmoqda

Jarayonning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida Senat Raisi, ishchi guruh rahbari Tanzila Norboyeva tumanga tashrif buyurdi.Bugun hududlarda tomorqadan unumli foydalangan holda ikki-uch martadan hosil olib, yaxshigina daromad koʻrayotgan oilalar soni ortib bormoqda. Yangiyoʻl tumanida ham tomorqa yer maydoniga ega, lekin uning imkoniyatlaridan foydalanmayotgan xonadonlar ham bor.Ularga tomorqachilikning sir-asrorlarini oʻrgatish, har tomonlama koʻmak koʻrsatish maqsadida Yangiyoʻl t

11 Apr 14:00
 
31
0
xs.uz

Qoʻshtepa tumanida 500 dan ziyod oilaga hayitlik tarqatildi

Botir Madiyorov/'Xalq soʻzi'. Qoʻshtepa tumanida 500 dan ziyod oilaga hayitlik ehsoni tarqatilib, ijtimoiy daftarlar roʻyxatida turuvchi kam taʼminlangan, bemor va boquvchisini yoʻqotgan oilalarga quvonch ulashildi.Shu tariqa muborak kunlarda tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari masʼullari ishtirokida 51 ta MFY boʻyicha shakllantirilgan roʻyxat asosida ehtiyojmand oilalarga 12 turdagi kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.' Shu kunlarda yordamga muhtoj insonlarga