calendar 07 Feb 13:20
eye 15
comments 0
comments Manba: xs

Turkiyada yuz bergan kuchli zilzila oqibatida qurbon boʻlganlar soni qariyb 3,5 ming kishiga yetdi

image

Foto: Reuters

Turkiya va Suriyada sodir boʻlgan 7,8 magnitudali zilzila oqibatida jami 5 ming nafarga yaqin odam halok boʻldi. 

Shu yilning 6-fevral kuni erta tongda Turkiyaning janubi-sharqida, Suriya bilan chegaraga yaqin joyda sodir boʻlgan kuchli zilzila qurbonlari soni tez oʻsishda davom etmoqda. 

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Turkiyada halok boʻlganlar soni qariyb 3,5 ming kishiga yetgan, 20,5 mingdan ortiq kishi jarohatlangan. Suriyada qurbonlar soni 1,4 mingdan oshdi, 3,5 mingdan ortiq kishi jarohat olgan. 

Prezident Rejep Tayyip Erdogʻan mamlakatda bir haftalik motam eʼlon qildi.

Erdogʻan mamlakat nafaqat oʻz mintaqasida, balki dunyoda ham eng katta ofatlardan biriga duch kelganini aytdi. 

“Ushbu zilzilalar shu kabi zilzilalar bilan solishtirganda juda katta hududda katta vayronagarchilikka olib keldi. Biz nafaqat respublika tarixidagi, jugʻrofiy oʻrnimizdagi, balki jahondagi eng katta ofatlardan biriga duch keldik”, dedi Erdogʻan.

Uning qayd etishicha, Turkiyada sodir boʻlgan ushbu yer silkinishlari umumiy aholisi 13 millionga yaqin boʻlgan 10 viloyatga taʼsir koʻrsatdi.

Shu oʻrinda, u hozirda mamlakatda qidiruv-qutqaruv ishlari jadal surʼatlar bilan davom etayotganini taʼkidladi.

Turkiyada yuz bergan zilzila oqibatida halok boʻlganlar orasida Oʻzbekiston fuqarosi borligi ham maʼlum boʻldi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabariga koʻra, 7-fevral (Toshkent vaqti bilan) soat 10.00 holatiga koʻra, zilzila oqibatida Malatya provinsiyasida bir nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgan. Bundan tashqari, toʻrt nafar hamyurtimiz bedarak yoʻqolgan. Ularni topish boʻyicha tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga muvofiq Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida safarbar etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari Hatay viloyatining Ovakent qishlogʻida qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlagan. Bu hududda asosan 10 mingdan ortiq etnik oʻzbeklar istiqomat qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:56
 
39
0
qalampir.uz

Qirg‘iziston ham Qorabog‘da maktab quradi

Qirg‘iziston tashabbusi bilan Qorabog‘ tizmasining etagida joylashgan Ag‘dam shahrida o‘rta ta’lim maktabi quriladi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Kulubayev bugun, 9 aprel kuni Bishkekda ozarbayjonlik mavqedoshi Jayhun Bayramov bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi. Uchrashuv davomida Qirg‘izistonning tinchlik va qurilish jarayonini qo‘llab-quvvatlayotgani tahsinga loyiq ekani, Qirg‘iziston tashabbusi bilan Ag‘damning Xidirli qishlog‘ida qurilad

07 Mar 20:08
 
41
0
qalampir.uz

Nazarboyevning jiyani 1,6 milliard dollarni davlatga qaytardi

2022 yildan beri sudlanayotgan tadbirkor Qayrat Satibaldi noqonuniy olib qo‘yilgan 732,8 milliard tenge (1,6 milliard dollar) aktivlarini davlatga qaytardi. Bu haqda Qozog‘iston Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati rasmiy vakili Arman Tleukenov ma’lum qildi.  “Bugunga qadar, 2022 yildan buyon jami 1 trillion tengedan ortiq (2,2 milliard dollar) mablag‘ qaytarildi. Shundan 732,8 milliard tenge Qayrat Satibaldiga nisbatan davom etayotgan jinoiy ish doirasida qaytarilgan pulga

08 Mar 16:37
 
44
0
qalampir.uz

Si Szinpin Xitoy qo‘shinlarini shay holatga keltirishga buyruq berdi

Xitoy rahbari Si Szinpin Qurolli kuchlarni dengizdagi harbiy mojarolarga tayyorgarlikni muvofiqlashtirishga, mamlakatning dengiz chegaralari va manfaatlarini himoya qilishga buyruq berdi. U bu haqda kecha, 7 mart kuni Xitoy parlamentining yillik yig‘ilishida ma’lum qilgan. XXR rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda kiberkosmik mudofaa tizimini yaratish va milliy tarmoq xavfsizligini ta’minlash imkoniyatlarini yaxshilash zarur. Qolaversa, Si Szinpin harbiylarni islohotlarni olg‘a

11 Apr 13:56
 
32
0
qalampir.uz

Irlandiya tarixidagi eng yosh Bosh vazir saylandi

Kecha, 9 aprel kuni Saymon Xarris mart oyida kutilmaganda iste’foga chiqqan Leo Varadkarning o‘rniga Irlandiyaning eng yosh hukumat rahbari bo‘ldi. Bu haqda “The Guardian” xabar beradi. Irlandiya Vakillar palatasi a’zolari Saymon Xarrisni mamlakatning yangi Bosh vaziri etib saylash uchun ovoz berdi. Xarrisning nomzodini Vakillar palatasidagi 160 deputatdan 88 nafari qo‘llab-quvvatladi, 69 nafari qarshi chiqdi.  Endi 37 yoshli Xarrisning nomzodini mamlakat Prezide