calendar 07 Feb 11:20
eye 17
comments 0
comments Manba: xs

Dunyoda koʻkrak bezi saratonidan 2,5 million nafar ayolning hayotini saqlab qolish mumkin — JSST

image

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hisob-kitoblariga koʻra, hozir dunyoda har besh erkakdan biri va har oltinchi ayol hayotining qaysidir qismida saratonga chalinish ehtimoli bilan yashamoqda.

Eng yomoni, ushbu kasallik Yer yuzida bevaqt hayotdan koʻz yumish holatlarining eng keng tarqalgan ikkinchi omilidir. Koʻkrak bezi saratoni esa sayyoramizda ayollar oʻlimi sabablari orasida birinchi oʻrinni egallaydi.

Xalqaro tashkilotlar bu global xatar bilan samarali kurashish mumkin, degan xulosada. Jumladan, BMT 2040-yilga kelib, koʻkrak bezi saratonidan 2,5 million nafar ayolning hayotini saqlab qolish yuzasidan yangi tashabbusni ilgari surdi.

JSST esa bu boradagi ezgu saʼy-harakatlarga rahbarlik qilishni oʻz zimmasiga oldi.

Tashkilot bayonotida keltirilishicha, dunyoda har yili 2,3 milliondan ortiq ayolga koʻkrak bezi saratoni tashxisi qoʻyiladi. Taraqqiy etgan mamlakatlar 40 yoshdan oshgan ayollar oʻrtasida bu xastalikdan oʻlim koʻrsatkichini 90 foizga kamaytirishga muvaffaq boʻlmoqda.

Ammo baʼzi iqtisodiy qoloq davlatlarda kasallik diagnostikasi va muolajasi koʻlami cheklangan. Shu bois ularda koʻkrak bezi saratonidan omon qolish darajasi 50 foiz va undan kam.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu dard asosan 45-65 yoshda rivojlanadi. Ayni sababdan bu yoshdagi ayollarni rejali mammografik tekshiruvlardan oʻtkazib turish zarur.

Yurtimizda ham mazkur yoʻnalishda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, kelgusida har yili 1,5 millionga yaqin 45-65 yoshdagi opa-singillarimiz shunday tekshiruvlar bilan qamrab olinadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Mar 07:23
 
20
0
xs.uz

Tramp prezident boʻlsa Kapitoliyga bostirib kirganlarni ozod qilishga vaʼda berdi

AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp 2024-yilgi saylovda gʻalaba qozonsa, 2021-yil 6-yanvarda Kapitoliyga bostirib kirganlarni afv etish niyatida ekanini aytdi.'Sizning keyingi Prezidentingiz sifatidagi birinchi harakatlarim: chegarani yopish va html5-dom-document-internal-entity1-lt-endhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-endhtml5-dom-document-internal-entity1-gt-end 6-yanvarda noqonuniy qamoqqa olinganlarni ozod qilish boʻladi', deb yozdi Tramp oʻzining 'Truth Social' sahifasida.2

07 Mar 20:13
 
18
0
xs.uz

Turkiya boy yevropalik sayohatchilar uchun muhim sayyohlik manziliga aylandi

Yaxshi tashkil etilgan mehmonxonalari, sifatli xizmati va mehmondoʻstligi bilan Turkiya nafaqat oilaviy dam olish uchun juda mashhur joy, balki soʻnggi investitsiyalar va samarali yangi strategiyalar tufayli badavlat sayohatchilar uchun muhim madaniy manzildir.Ushbu muhim rivojlanishda xususiy sektor har doim muvaffaqiyatli va innovatsion yondashuvga ega boʻldi va odatda aniq rahbarlik qarorlari bilan harakat qiladigan Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi muhim rol oʻynadi.Tajribali turizm

01 Feb 13:46
 
40
0
qalampir.uz

Uzoq masofali qurollar tez orada Ukraina frontida bo‘ladi – Nuland 

Amerikaning GLSDB (Ground Launched Small Diameter Bomb) yuqori aniqlikdagi boshqariladigan bombalari tez orada Ukrainadagi frontda bo‘ladi. Bu haqda kecha, 31 yanvar kuni AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland Kiyevdagi brifingda ma’lum qildi. “Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yordam berishda davom etmoqda, xususan, yangi investitsiyalar, yangi qurol tizimlari, masalan, Small Diameter Bomb allaqachon urush o‘choqlariga jo‘natilmoqda”, deydi Nuland. Uning ayti

29 Jan 11:05
 
60
0
qalampir.uz

Istanbulda katolik cherkoviga qurolli hujum uyushtirildi (video)

Kecha, 28 yanvar kuni Istanbulda ikki noma’lum shaxs Avliyo Meri katolik cherkoviga qurolli hujum uyushtirdi. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. “HaberTurk” xabariga ko‘ra, niqobli ikki kishi cherkovga yaqinlashib, o‘t ochgan, keyin esa voqea joyidan qochib ketgan. “Hujum oqibatida Turkiya fuqarosi Tursen Jihan vafot etdi”, deydi IIV rahbari. Hujum uchun mas’uliyatni ISHID terror tashkiloti