calendar 07 Feb 08:22
eye 15
comments 0
comments Manba: xs

Yaponiyaning “Sansho” kompaniyasi Fargʻonada chiqindini qayta ishlash korxonasi loyihasini amalga oshiradi

image

Bu haqida Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyaning “Sansho” kompaniyasi prezidenti Akazava Masaki bilan oʻtkazilgan uchrashuv davomida maʼlum qilindi.

Uchrashuvda Yaponiya kompaniyasi tomonidan Fargʻonada ikki bosqichda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan chiqindini qayta ishlash korxonasi loyihasini amalga oshirish jarayonlari muhokama qilinib, unda soha vakillari bilan birga Fargʻona viloyati Ekologiya boshqarmasi boshligʻi Baxromjon Jumanov ham ishtirok etdi.

Taʼkidlanishicha, qiymati 10 mln AQSH dollari boʻlgan ushbu loyiha Fargʻona tumanining Satkak qishlogʻi yaqinida joylashgan markaziy chiqindixona hududida amalga oshiriladi.

Yaponiya kompaniyasi investitsiyasi hisobiga amalga oshiriladigan, qiymati 10 mln AQSH dollari boʻlgan mazkur loyihaning 3 mln dollarlik birinchi bosqichida Ekoshahar va uning atrofidagi hududlardagi chiqindilarni ajratish va qayta ishlash boʻyicha Yaponiya texnologiyasiga asoslangan ekologik toza korxonasini tashkil etish koʻzda tutilayotgan boʻlsa, ikkinchi bosqichda chiqindilarning qayta ishlash mumkin boʻlmagan qismini yoqish orqali elektr energiya ishlab chiqarishga asoslangan korxona barpo etish rejalashtirilgan.

Loyihaning birinchi bosqichi joriy yilning sentyabr oyiga qadar ishga tushirilishi koʻzda tutilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Feb 20:13
 
55
0
qalampir.uz

G‘azoda bolalar maktabga borishdan qo‘rqadi – UNICEF

2023 yil 7 oktyabrda Isroil tomonidan blokadadagi G‘azo sektoriga yirik hujumlar boshlanganidan beri bosib olingan G‘arbiy Sohildagi bolalar maktabga borishdan qo‘rqmoqda. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasining (UNICEF) Falastindagi vakili Jonatan Kriks bosh ofisi Qatarda joylashgan “Al Jazeera” telekanaliga ma’lum qildi.  Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘azoga hujumlar boshlanganidan beri isroillik harbiylar Iordaniyaning G‘arbiy sohilida

31 Jan 12:23
 
40
0
qalampir.uz

Trampga yana Tinchlik uchun Nobel mukofoti taklif qilinmoqda

AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning nomzodi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surildi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.  Siyosatchi nomzodi respublikachi deputat Klaudiya Tenni tomonidan ilgari surilgan. Uning fikricha, bunday mukofotga nomzod ko‘rsatish uchun 2020 yilda tuzilgan “Ibrohim kelishuvlari” imzolanishi targ‘iboti asos bo‘ladi. Gap Isroil, BAA va Bahrayn erishgan kelishuvlar haqida ketmoqda. Tennining aytishicha, sobiq Ameri

06 Feb 09:31
 
37
0
qalampir.uz

Isroil elchisi Rossiya TIVga chaqirtirildi

Bugun, 5 fevral kuni Isroilning Moskvadagi elchisi Simona Galperin Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi. “Isroil elchisining Rossiya tashqi siyosatidagi yondashuvlari va tarixiy voqelikni buzib ko‘rsatuvchi nomaqbul bayonotlari munosabati bilan Galperin Tashqi ishlar vazirligiga chaqiriladi”, deyilgan Smolenskaya maydonida jurnalistlarga. Bundan tashqari, Galperinning ba’zi bayonotlari ikki mamlakat xalqlari manfa

07 Mar 20:08
 
25
0
qalampir.uz

Qozog‘istondagi YTHda 8 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda Aqto‘be-Astraxan trassasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Kazinform” Aqto‘be viloyati prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, xabar berdi. Aniqlanishicha, bugun, 6 mart kuni “Aqto‘be-Astraxan” avtomobil yo‘lining 120-kilometrida “Lada Largus” va “Toyota Hilux” avtomobili to‘qnashgan. Voqea joyiga viloyat IIB huzuridagi tergov-tezkor guruhi hamda tuman prokuraturasi xodimlari yetib kelgan.