calendar 07 Feb 07:21
eye 15
comments 0
comments Manba: xs

Sirdaryo viloyatining tuman shifoxonasida buyrak transplantatsiyasi amalga oshirildi

image

Foto: Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Sirdaryo viloyati Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasining jarrohlik boʻlimida buyrak transplantatsiyasi amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.

2011-yildan buyon surunkali piyelonefrit va buyrak yetishmovchiligidan qiynalib kelayotgan 28 yashar bemorga akasi oʻz buyragini berdi.

Amaliyot akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh mutaxassisi Zohid Matkarimov rahbarligida mahalliy mutaxassislar tomonidan oʻtkazildi.

— Oqoltinda bajarilgan buyrak transplantatsiyasi mazkur tuman tarixida birinchi, viloyatda esa uchinchi amaliyotdir, — deydi Guliston tibbiyot klasteri xirurg-transplantologi Sherzod Toshmamatov. — Joriy yilda 25 ta shunday operatsiyani Sirdaryo viloyatida amalga oshirishni rejalashtiryapmiz.

Oqoltinda buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyotini oʻz boshidan oʻtkazgan aka-uka Salohiddin va Oybekjonlarning salomatligi yaxshi. Ular shifokorlar nazoratida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Mar 07:22
 
30
0
xs.uz

Har bir maktabda vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi

Maktablarda 'Yosh gvardiyachilar' vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi. Shu kunga qadar Milliy gvardiya tasarrufida har bir viloyatda 4 tadan maktablarda jami 56 ta maktablarda 265 ta 'Yosh gvardiyachilar' vatanparvarlik sinflari mavjud edi.Endilikda har bir maktabda bittadan 'Yosh gvardiyachilar' vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi. Bu ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda ' 2024-2025-oʻquv yilida 2 530 ta, ikkinchi bosqichda ' 2025-2026-oʻquv yilida 2 536 ta maktabda ha

11 Apr 13:59
 
19
0
qalampir.uz

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqina Ramazon hayiti bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.  “Avvalo, muqaddas dinimiz buyurgan ibodat va amallarni muborak Ramazon oyida chin dildan, ixlos bilan ado etib, bugun hayit ayyomini katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgan siz, azizlarni, yurtimizdagi jamiki mo‘min-musulmonlar, butun xalqimizni samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak ehtiromim va eng ezgu tilaklarimni izhor et

11 Apr 13:59
 
36
0
qalampir.uz

Nukusda O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘ldi

Joriy yilning 1-7 aprel kunlari Nukus shahrida O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilgan, jumladan, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning qo‘shma majlis

07 Mar 20:11
 
39
0
qalampir.uz

Ayrim hokimlar hatto o‘z hududida “pastga tushmagan” – Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 mart kuni Toshkent viloyatining tuman va shaharlaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Prezident huzurida Toshkent viloyati tuman va shaharlaridagi "o‘sish nuqtalari" tahlil qilindi: Ohangaronda O‘zbekiston–Vengriya sanoat zonasi tashkil etiladi, Angren erkin iqtisodiy zonasida maishiy texnika, metall prokat, meva-sabzavotni qayta ishlash