calendar 07 Feb 07:20
eye 18
comments 0
comments Manba: xs

Xanoyda bir qator yangi qoʻshma investitsiya loyihalari muhokama qilindi

image

Joriy yilning 6-fevral kuni Xanoy shahrida Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Vetnam Sotsialistik Respublikasiga tashrifi doirasida ushbu mamlakatning rejalashtirish va investitsiyalar vaziri Nguyen Thi Zung bilan uchrashuv oʻtkazdi. Tomonlar diqqat markazida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻldi.

Uchrashuvda oziq-ovqat va salqin ichimliklar ishlab chiqarish boʻyicha qator qoʻshma loyihalarni amalga oshirish hamda yangi loyihaviy tashabbuslarni hayotga tatbiq etish istiqbollari muhokama qilindi. Gap elektroenergetika, kimyo mahsulotlari, toʻqimachilik, elektrotexnika va qurilish materiallari ishlab chiqarish haqida bormoqda. Ikki mamlakat oʻrtasida Sanoat kooperatsiyasi dasturini tayyorlash maqsadida qoʻshma Ishchi guruh tuzish masalasi kelishib olindi.

Suhbat chogʻida tomonlar Oʻzbekiston bilan Vetnam oʻrtasida investitsiyalar va soliq sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladilar.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlikni chuqurlashtirishga oʻzaro tayyorligini bildirdilar.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Apr 03:35
 
13
0
xs.uz

Toshkentda oʻquvchilardan sinf fondiga majburiy pul yigʻgan oʻqituvchi ishdan boʻshatildi

Toshkent shahar maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi boshqarmasi ushbu holatga munosabat bildirdi.Maʼlum qilinishicha, ishchi guruh tomonidan umumtaʼlim muassasasida tekshirish ishlari tashkil etilgan.'Yunusobod tumanidagi 257-maktab oʻqituvchisi N.N. noqonuniy xatti-harakatni sodir etganligi sababli maktab maʼmuriyati u bilan tuzilgan shartnomani bekor qilgan. Oʻqituvchi ishdan boʻshatilganligini bildiramiz', deyiladi xabarda.

09 Mar 00:38
 
58
0
xs.uz

Oilaviy tadbirkorlik uchun 14 foizdan kredit beriladi

' oilaviy tadbirkorlik, daromad topish va faoliyatini kengaytirish uchun aholi va tadbirkorlarga ' 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3-yilgacha;' chorvachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, 'dala doʻkonlari' qurish va koʻchma muzlatkichlarni oʻrnatish uchun ' 1-yilgacha imtiyozli davr bilan 3-yilga;' bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilik, issiqxona qurish, qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qil

11 Apr 14:00
 
40
0
xs.uz

Ramazon tuhfasi: Termizda yangi masjid ochildi

'Sulton Saodat' majmuasi hududida yangitdan barpo etilgan muhtasham jome masjidining yangi binosi ochildi.Marosimda Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Davron Maxsudov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining oʻrinbosari, Toshkent Islom instituti rektori Muhamadolim Muhamadsidiqov hamda boshqa diniy ulamolar, vohalik moʻmin musulmonlar ishtirok etdi.Xalqimiz uchun ezgulik va muruvvat, ruhiy poklanish oyi hisoblangan ushbu qutlugʻ kunlarda ulamolar, imom-xatiblar

23 Apr 03:35
 
16
0
xs.uz

Jizzax viloyati qurilish materiallari boʻyicha xalqaro forumga mezbonlik qiladi

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-9-aprel kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida 'Basalt Uzbekistan' klasteri tarkibidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qoʻllashni samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish, ushbu yoʻnalishda konferensiya va forumlar oʻtkazish topshirigʻining ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilmoqda.