calendar 27 Jan 16:20
eye 23
comments 0
comments Manba: xs

Oʻzbekiston tashabbuslarining xalqaro eʼtirofi

image

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari Akmal Saidov BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori vazifasini bajaruvchi Rita Konsuelo Fatima Vidal Bryusni qabul qildi.

Muloqot chogʻida A. Saidov Konsuelo Vidal Bryusni sharafli va masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan qutlar ekan, mehmonga Qonunchilik palatasining tarkibiy tuzilishi, qonun ijodkorligi yoʻnalishidagi faoliyati, qoʻmitalar, komissiyalar va deputatlarning asosiy vazifalari, 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻzlab berdi.

Oʻz navbatida, mehmon uchrashuv uchun oʻz minnatdorligini bildirgan holda, davlat ichki hamda tashqi siyosati, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalardagi barqaror rivojlanishida parlamentning faoliyati katta ahamiyatga egaligini taʼkidladi.

Uning fikricha, Oʻzbekiston va BMT hamkorligi soʻnggi yillarda mutlaqo yangi darajaga koʻtarildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida, videokonferensiya shaklida tashkil etilgan 75-yubiley sessiyasida, shuningdek, BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashining 46-sessiyasida onlayn formatda va Bosh Assambleyaning 76-sessiyasida maʼruza qildi. Ularda xalqaro hamda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, taʼlim, maʼnaviyat, ekologiya, turizmni yanada rivojlantirish, inson huquqlarini himoya qilish va boshqa sohalarga taalluqli tashabbuslar ilgari surildi.

Oʻzbekiston ilgʻor tashabbuslarining xalqaro eʼtirofi BMT Bosh Assambleyasida qator rezolyutsiyalar qabul qilinishida yaqqol namoyon boʻldi. Jumladan, 2022-yilning 14-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi.

Konsuelo Vidal Bryus Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyo davlatlarini parlamentlarni qoʻllab-quvvatlashga, ularni BRMga erishish boʻyicha kelgusi faoliyat va ularga erishilishini kuzatish jarayonlariga, ayniqsa, ixtiyoriy milliy maʼruzalarni tayyorlashga jalb qilish, shuningdek, milliy masʼuliyat va hisobdorlikni taʼminlash hamda kuchaytirish uchun ularga koʻmak berishga chaqirganini maʼlum qildi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston barqaror rivojlanish sohasida BMT bilan yaqin hamkorlik qilmoqda. Jumladan, BMTning 2030-yilgacha kun tartibida boʻlgan masalalarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston hukumati tomonidan 2030-yilgacha davrni qamrab olgan barqaror taraqqiyot sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar, shuningdek, ushbu maqsad va vazifalarning implementatsiyasi boʻyicha “Yoʻl xaritasi” qabul qilingani hamda Parlament komissiyasi tuzilgani eʼtirof etildi.

Uchrashuvda mehmon BMTning 2021 — 2025-yillarda Oʻzbekiston uchun barqaror rivojlanish maqsadlari sohasida hamkorlik boʻyicha dastur asosida yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Ayni chogʻda, yurtimizda inson huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuvda tomonlar oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish borasida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:11
 
33
0
qalampir.uz

Dollar kursi biroz pasaydi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 7 mart kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 15,53 so‘mga pasayib, 12 510,86 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 15,67 so‘mga ko‘tarilib, 13 608,06 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli ham 1,58 so‘mga oshib, 138,81 so‘mni tashkil et

07 Mar 20:11
 
42
0
qalampir.uz

O‘zbekiston yana bir davlat bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

Kecha, 5 mart kuni AQSHning Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Lixtenshteyn o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunike imzolandi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi. Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Lixtenshteyn Knyazligining BMTdagi doimiy vakili Kristian Venvayzer imzoladi. Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muass

11 Apr 14:01
 
31
0
xs.uz

Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlari oshiriladi va bandligi taʼminlanadi

Qarorga koʻra, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qoʻyilib, dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari 'E-auksion' elektron savdo platformasi orqali 'mahalla yettiligi'ning tavsiyasi bila

14 Mar 07:22
 
31
0
xs.uz

Tanzila Norboyeva BAA Gender tenglik kengashi vitse-prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Maʼlumki, keyingi yillarda Oʻzbekiston va BAA oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga koʻtarildi. Davlatimiz rahbarining ushbu davlatga rasmiy tashrifi ikki mamlakatning doʻstlik hamda sheriklik munosabatlari tarixida yangi sahifa ochdi, keng qamrovli hamkorlikni kengaytirishga kuchli turtki berdi.Muloqot chogʻida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, xalqaro reytinglar, davlat boshqaruvi, shuningdek, xotin-qizlar huquqlarini kengaytirish va ayollar tadbirkorl