Dunyoda yiliga 4 milliongacha kishi vaboni yuqtirmoqda — BMT
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bayonotiga koʻra, dunyo boʻyicha yiliga 1,3 milliondan 4 milliongacha kishi vabo kasalligini yuqtirib, ulardan 143 ming nafari hayotdan koʻz yummoqda.
Bu boradagi epidemiologik vaziyat ayniqsa, Afrikada yomon. Xususan, Malavi davlatida oʻtgan yildan beri vabo qurbonlari soni 1000 nafarga yetdi. 30621 kishiga esa ushbu xavfli xastalik tashxisi qoʻyilgan.
JSST ekspertlarining tan olishicha, respublikada vabo epidemiyasi 20 yildan ortiq davom etmoqda. Biroq haligacha bunday antirekord koʻrsatkich qayd etilmagan edi.
Ayni paytda eng koʻp oʻlim holatlari mamlakatning ikki yirik shahri — Lilongve va Blantirda kuzatilmoqda. Shu tufayli taʼlim muassasalari faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan, jamoat joylari, turarjoy mavzelari va savdo-sotiq majmualarida erkin harakatlanish cheklangan.
Qolaversa, oʻtgan yil noyabr oyida Malavi aholisi oʻrtasida ommaviy emlash kampaniyasini kuchaytirish uchun BMT tomonidan qariyb 3 million doza vaboga qarshi vaksinalar yetkazib berilgan va ular maqsadli ishlatilgan. Shunga qaramay, hozir mamlakatda kasallanishlar soni oʻsishda davom etmoqda.
Trampning respublikachilar orasidagi so‘nggi raqibi ham prezidentlik poygasidan chiqdi
AQSHning BMTdagi sobiq elchisi va Janubiy Karolinaning sobiq gubernatori Nikki Xeyli Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun kurashdan chiqishini e’lon qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. Nikki Xeyli AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning Respublikachilar partiyasidagi so‘nggi raqibi edi. “Kampaniyamni to‘xtatish vaqti keldi. Men hech narsadan afsuslanmayman”, deydi Nikki Xeyli tarafdorlari bilan suhbatda. &ldquo
O‘zbekiston va Ozarbayjon qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi
O‘zbekiston va Ozarbayjon kompyuter ko‘magida qo‘shma taktik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Bu haqda kecha, 9 aprel kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lum qildi. Bildirilisho‘icha, ikki davlat o‘rtasida kompyuter ko‘magida taktik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari “Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘rtasida imzolangan 2024 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasi”ga muv
Moskvadagi reyddan keyin 800 dan ortiq migrant deportatsiya qilindi
Moskvada noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘tkazilgan reyd davomida politsiya 6 mingdan ortiq qoidabuzarliklarni aniqlab, 800 dan ortiq noqonuniy migrantni Rossiyadan chiqarib yuborishga qaror qildi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi. Politsiyaning aniqlik kiritishicha, reyd davomida xavfsizlik kuchlari tomonidan uy-joy sektori, ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, qurilish va boshqa ob’ektlardagi 10 mingdan ortiq ob’ekt ko‘zd
Berlindagi ko‘chaga Navalniyning nomi berilishi mumkin
45 mingdan ortiq kishi rossiyalik marhum muxolifatchi Aleksey Navalniy xotirasiga Berlinning Barenshtrasse ko‘chasining Rossiya Bosh konsulligi va rossiyalik diplomatlarning turar-joy binolari joylashgan qismiga uning nomini berish haqidagi petitsiyani imzoladi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi. “Biz qonuniy talab qilinadigan besh yilni kutmasdan, hozir ko‘cha nomini o‘zgartirishga chaqiramiz. Aleksey Navalniyning beqiyos qurbonligini zudlik bilan e’tirof