calendar 27 Jan 09:51
eye 15
comments 0
comments Manba: zarnews

Tramp Ukrainadagi mojaroga 24 soat ichida barham bera olishi va tanklar yetkazib berishning yadroviy xavfi haqida gapirdi

image

Ukrainadagi mojaro G'arb tanklarining Kiyevga o'tkazilishi tufayli yadro urushiga aylanib ketishi mumkin, dedi AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp.

"Avval tanklar, keyin yadro qurollari. Hoziroq bu aqldan ozgan urushni to'xtating. Buni qilish juda oson", deb yozgan siyosatchi o'zining Truth Social ijtimoiy tarmog'ida.

Tramp Ukrainadagi vaziyat uchinchi jahon urushiga aylanishi mumkinligi haqida bir necha bor ogohlantirgan. Siyosatchining ishonchi komilki, agar u AQSh prezidentligida davom etganida jangovar harakatlar boshlanmasdi.

Bir kun oldin Germaniya hukumati Ukrainaga "Leopard 2" tanklarini yuborishga rozi bo'ldi. Ikkita tank batalonini tashkil etish rejalashtirilgan, birinchi bosqichda Berlin Bundesver zaxiralaridan 14 ta A6 jangovar mashinadan iborat rotasini yuboradi. Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius taʻkidlaganidek, tanklar Ukrainaga mart oyi oxirida yetib borishi mumkin.

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 24 soat ichida Ukrainadagi mojaroga barham berishga kelishishi mumkinligini aytdi.

"Agar men prezident bo'lganimda, Rossiya va Ukraina o'rtasidagi urush hyech qachon ro'y bermasdi. Lekin hozir ham, prezident sifatida, bu dahshatli urushni 24 soat ichida tugatishga kelishishga qurbim yetardi", - deya Trampning Truth Social ijtimoiy tarmog'idagi xabaridan iqtibos keltiradi Newsweek.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Feb 15:28
 
37
0
qalampir.uz

AQSH va Britaniya husiylarga qarshi jiddiy zarba berdi

AQSH va Buyuk Britaniya Qurolli kuchlari Yamandagi husiylar harakati nishonlariga bir qator hujumlar uyushtirdi. Bu haqda "Al Masirah" telekanaliga asoslanib, TASS xabar berdi. Qayd etilishicha, Qizil dengiz sohilida joylashgan Xodeyda provinsiyasidagi “Ras-Isa” porti hududiga kamida uchta aviazarba berilgan. Qurbonlar, jarohatlanganlar va vayronalar haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Shuningdek, “Ansor Alloh” harakati G‘azo sektoridagi mojaro

06 Feb 05:02
 
37
0
xs.uz

Qosim-Jomart Toqayev Qozogʻiston Vazirlar Mahkamasi isteʼfosini qabul qildi

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakat Vazirlar Mahkamasi isteʼfosini qabul qildi. Bu haqda Oq Oʻrda matbuot xizmati xabar qildi.Davlat rahbari imzolangan farmonda qayd etilishicha, Qozogʻiston Respublikasi Hukumatining isteʼfosi qabul qilingan, mamlakat Bosh vazirining vazifalari vaqtincha Roman Vasilyevich Sklyar zimmasiga yuklangan. Qozogʻiston Respublikasi hukumati aʼzolari hukumatning yangi tarkibi tasdiqlanmaguncha oʻz vazifalarini bajarishda davom etadi.Manbaga koʻr

07 Feb 15:45
 
84
0
qalampir.uz

Tojikiston-O‘zbekiston chegarasida yuk mashinalari qolib ketmoqda. Ayb kimda?

Tojikiston va O‘zbekiston chegarasida ko‘plab yuk mashinalari qolib ketmoqda. Haydovchilar buning asosiy sababi sifatida yuk mashinalari uchun chegarani kesib o‘tish litsenziyasi narxining oshganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda “ASIA Plus” xabar berdi.  Qayd etilishicha, Tojikistonning So‘g‘d viloyatidagi “Fotexobod” postida yuk mashinalari to‘planib qolgan. Shu yerdagi haydovchilardan birining aytishicha, 2024 yil boshidan beri ular uchun kerak bo‘lgan

07 Feb 05:01
 
70
0
xs.uz

Oʻzbekiston gender maʼlumotlari reytingida 56-oʻrinni egalladi

'Gender Data Compass' mamlakatning gender maʼlumotlari tizimini yaxlit baholashni taʼminlaydi. U 53 ta gender koʻrsatkichlarining besh jihati: mavjudlik, ochiqlik, asoslar, imkoniyatlar va moliyalashtirish manbalariga tahlil qilinadi.Mamlakatimizda gender statistikasini yuritish boʻyicha Statistika agentligi vakolatli organ boʻlib, agentlikda gender statistikasini yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish boʻyicha alohida boʻlinma tashkil etilgan.Agentlik tomonidan yuritiladigan gender.sta