calendar 27 Jan 06:51
eye 11
comments 0
comments Manba: zarnews

Sayfullo Soipov Nyu-Yorkdagi teraktda aybdor deb topildi

image

2017 yilda Nyu-Yorkda Xellouin bayramida hujumni sodir etgan asli o'zbekistonlik Sayfullo Soipov aybdor deb topildi va endi o'lim yoki umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin, deb xabar bermoqda CBS News.

"2017 yil 31 oktyabr kuni yuk mashinasini Nyu-York shahridagi mashhur velosiped yo'lagiga katta tezlikda haydab chiqqan va sakkiz kishini o'ldirgan islomiy ekstremist 28 ta jinoyatda aybdor deb topildi.

Taʻkidlanishicha, hakamlar hayʻati ikki kun davomida qariyb yetti soatlik muhokamadan so'ng, Soipovni jinoyatlarda, jumladan, qotillik va xorijiy terrorchi tashkilotga yordam berishda aybdor deb topdi.

"Hakamlar hayʻati bir necha kun ichida sudga qaytib, u o'limga hukm qilinishi yoki umrining qolgan qismini qamoqda o'tkazishi kerakligi haqida qaror qabul qilishda yordam beradigan qo'shimcha dalillarni tinglaydi", deyiladi xabarda.

Nyu-Yorkda o'lim hukmini chiqarish uchun barcha 12 sudya aʻzosi bunday chorani yoqlab ovoz berishi kerak.

Soipov boshqarayotgan yuk mashinasi Manxetten okrugining janubi-g'arbiy qismida velosiped yo'liga chiqib, yo'lidagi odamlarni urib yuborgan va maktab avtobusiga borib urilgan. Natijada sakkiz kishi halok bo'lgan, o'ndan ortiq kishi jarohat olgan. Rasmiylar voqeani terakt sifatida baholagan.

O'zbekistonlik muhojir tergovchilarga "IShID" ("Islomiy davlat") terrorchilik guruhi targ'ibotidan ilhomlanganini tan olgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:57
 
32
0
qalampir.uz

Lukashenkoning tanqidchisi tergov hibsxonasida vafot etdi

Joriy yilning 9 aprel kuni zaxiradagi podpolkovnik, siyosiy mahbus va tadbirkor Aleksandr Kulinich Belarusning Brest shahridagi tergov hibsxonasida vafot etdi. Bu haqda “Zerkalo” xabar berdi. Belarus Oliy sudi veb saytida yozilishicha, Kulinich 16 aprelda Jinoyat kodeksining 368-moddasi 1-qismi ("Belarus Respublikasi Prezidentini haqorat qilish") bo‘yicha sudga tortilishi kerak edi. Mahbus sud jarayoniga 1 hafta, 52 yoshga to‘lishiga esa 2 kun qolganida yurak ishemik

08 Mar 10:25
 
42
0
qalampir.uz

Hindiston Xitoy chegarasiga o‘n ming askar jo‘natdi

Hindiston Xitoy bilan chegarani qo‘riqlash uchun o‘n ming askardan iborat qo‘shimcha kuch ajratdi va shu bilan bu hududda xizmat qilayotgan qo‘shinlari sonini ikki barobarga ko‘paytirdi. Bu haqda Bloomberg agentligi hindistonlik amaldorlarga tayanib, xabar berdi. Unga ko‘ra, avvallari mamlakatning g‘arbiy chegarasida xizmat qilgan 10 ming askardan iborat kuch endi Xitoy bilan bahsli chegaraning bir qismini mustahkamlash uchun safarbar etilgan. Bundan tashqari, Hindistonning X

07 Mar 20:13
 
33
0
xs.uz

Jo Bayden Isroilni Gʻazo sektorida zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirdi

AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Isroil hukumatini Gʻazo sektorida vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatish va mahalliy aholiga insonparvarlik yordamini koʻpaytirishga chaqiruvlarini kuchaytirdi. Bu haqda Amerikaning 'The Hill' gazetasi yozmoqda.'Soʻnggi kunlarda Bayden ham, vitse-prezident Xarris ham zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirishdi', deb taʼkidlaydi nashr.Qayd etilishicha, ikki davlat rasmiylari oʻrtasida Falastin mojarosi va xususan, insonparvarlik yordamini taqsi

08 Mar 18:06
 
34
0
qalampir.uz

Putin Rossiyaning eng ishonchli ittifoqchisi qaysi davlat ekanini aytdi 

Serbiyaliklar asrlar davomida Rossiya Federatsiyasining ishonchli ittifoqchilari bo‘lib qolgan. Moskva buni biladi, eslaydi va qadrlaydi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 6 mart kuni Butunjahon yoshlar festivali ishtirokchilari bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi. "Rossiya va Serbiya o‘rtasidagi munosabatlar o‘ziga xos xususiyatga molik, ular chuqur tarixiy ildizlarga ega. Men bu haqda doim alohida iliqlik bilan so‘z ochaman, chunki asrlar davomida serblar Rossiyani