calendar 26 Jan 11:21
eye 33
comments 0
comments Manba: xs

2022-yilda davlat byudjetiga 46,2 trln soʻm bojxona toʻlovlari undirilgan

image

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati rahbari v.b. Husan Tangriyev maʼlum qildi.

2022-yilda bojxona organlari tomonidan mamlakatimizning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash, bojxona tartibotlarini soddalashtirish, Oʻzbekistonning eksport salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan keng qamrovdagi islohotlar, chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, Davlatimiz Rahbarining 2022-yil 27-apreldagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bojxona va yuk operatsiyalarini raqamli transformatsiya qilish orqali inson omilini keskin qisqartirish, bojxona sohasini ochiqlik, shaffoflik hamda ishonchlilik tamoyillari asosida korrupsiyadan holi tizimga aylantirishda muhim rol oʻynamoqda.

2022-yilda davlat byudjetiga 46,2 trln soʻm miqdorida bojxona toʻlovlari undirildi va belgilangan reja 114 foizga bajarildi.

Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida bojxona toʻlovlaridan 56,6 trln soʻm miqdorida imtiyoz va tarif preferensiyalari qoʻllanildi.

Shuningdek, bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlash tartibotlari soddalashtirilib, oʻtgan yilda tadbirkorlar 5,6 trln soʻm miqdoridagi bojxona toʻlovlarini toʻlashda ushbu imkoniyatdan foydalanishdi.

Tizimda “Raqamli bojxona” tamoyilini keng joriy qilish maqsadida oʻtgan yilda 11 ta axborot tizimi, 13 ta elektron xizmati, 3 ta mobil ilova ishga tushirildi. Oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini takomillashtirish maqsadida 12 ta davlat idorasi va 9 ta xorijiy aviakompaniyaning axborot tizimlari bilan integratsiyalashuv amalga oshirildi.

Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida hozirda eksportda 86 % va importda 76 % tovarlar soddalashtirilgan tartibda, yaʼni bojxona koʻrigisiz rasmiylashtirish tartibi qoʻllanilmoqda.

Natijada rasmiylashtiruv vaqti eksportda 4,5 barobar, importda esa 2 barobar qisqardi. Bojxona koʻriklari soni 1,7-marta kamayib, samaradorlik 41 foizga ortdi;

Bundan tashqari, deklaratsiyalarni avtomatik roʻyxatga olish tizimi joriy etildi. Avval ushbu jarayonga 2-3 soat sarflangan boʻlsa, hozir 5 daqiqada amalga oshirilmoqda.

Xalqaro tajribadan kelib chiqib, mamlakatimizdagi 11 ta xalqaro aeroportlarning uchib ketish yoʻnalishida takroriy nazorat funksiyalarini bartaraf etilib, “Masofaviy bojxona nazorati” tizimi joriy etildi.

Endilikda viloyatlar markazlari va qadimiy shaharlarda ham bojsiz savdo doʻkonlari tashkil etilmoqda. Hozirda bunday doʻkon ilk bor Samarqand shahrida ish boshlagan boʻlsa, kelgusida Buxoro, Xorazm va Fargʻona viloyatlari markazlarida, Toshkent viloyatining “Gʻishtkoʻprik”, Andijonning “Doʻstlik” chegara bojxona postlarida ham “Duty Free” doʻkonlarini ochish ishlari olib borilmoqda.

Respublikamiz bojxonachilari tomonidan 2022-yilda aniqlangan 17 mingdan ortiq bojxona qonunbuzilishi holatlarida 844 mlrd soʻmlik tovarlarning noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.

Oʻtgan yilda 749 kg. ogʻirlikdagi giyohvandlik vositalari ushlab qolindi. Mazkur koʻrsatkich 2021-yilga nisbatan 42 foizga oshgan. Shuningdek, 316 ming dona kuchli taʼsir qiluvchi dorilar, 5,3 ming dona psixotrop moddalar qonunbuzarlardan olib qoʻyildi.

Bundan tashqari qiymati 14,6 mlrd soʻmlik 38 kg.dan ziyod tilla va boshqa zargarlik buyumlari aniqlandi. Bu koʻrsatkich 2021-yilga nisbatan 5 foizga koʻp deganidir.

Shuningdek, bojxona chegaralari orqali 2021-yilga nisbatan 6,7 barobarga koʻp miqdorda, yaʼni 4,5 mln dollarga teng naqd xorijiy valyutalar ushlab qolindi.

Bojxona organlarining tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlari natijasida 2022-yilda qiymati 19,8 mlrd soʻmlik 1 mln. 620 ming quti tamaki mahsulotlari ushlab qolindi.

Xalqimizning boy madaniy va tarixiy boyliklarini asrab qolishda bojxona xodimlari ham oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshib, oʻtgan yilda 1565 dona madaniy boyliklarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib oʻtilishining oldini olishdi. Bu koʻrsatkich 2021-yilga nisbatan 15 foizga oshgan.

Bojxona organlari hududlarni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash borasidagi islohotlarga ham oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.

2022-yilda Qorakoʻl tumanida esa 330 oʻrinli yangi maktab qurib foydalanishga topshirildi, Koʻkdala tumanida 105 - oʻrta maktabning 180 oʻrinli oʻquv binosi taʼmirlandi va qoʻshimcha 180 oʻrinli yangi oʻquv binosi qurildi, Gurlan tumanida “Yoshlar sport majmuasi” qurib, foydalanishga topshirildi.

Bojxona organlari tomonidan respublikaning barcha Saxovat va Muruvvat internat uylari holati oʻrganilib, vasiylikka olingan keksalar, nogironligi boʻlgan erkak va ayollar hamda bolalarni yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.

2023-yilda esa bojxona organlari tomonidan eksportga tovarlarni chiqarish tartibotlarini keskin soddalashtirishga qaratilgan “Eksport uch qadamda” loyihasini amalga oshirishga kirishildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:07
 
36
0
postda.uz

13-fevral – Butunjahon radio kuni

Fan-texnika rivojlanib, texnologik kashfiyotlar imkoniyati yanada kengayib borayotgan hozirgi davrda radio insoniyat kundalik hayotining bir qismiga aylangan. Radio tinglovchini yangiliklaridan xabardor qilish, kerakli ma'lumotlarni yetkazish orqali dunyoning ko‘p sonli aholisini bir doira atrofida birlashtiradi. Bundan 80 yil avval kashf etilgan radio aloqa vositasi yillar davomida yanada takomillashib bordi. Turli ommaviy axborot vositalari ta'siri ostida ushbu aloqa-axborot vositasi ne

14 Mar 07:23
 
25
0
xs.uz

Makron, Shols va Tusk 15-mart kuni Berlinda Ukraina boʻyicha uchrashuv oʻtkazadi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Polsha bosh vaziri Donald Tusk 15-mart kuni Berlinda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashib, Ukrainadagi vaziyatni muhokama qiladi. Bu haqda 'Politico' gazetasi oʻz manbalarga tayanib xabar berdi.Nashr qayd etishicha, kunning ikkinchi yarmida fransuz va nemis siyosatchilari ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazadi, soʻngra ularga Polsha bosh vaziri ham qoʻshiladi. 'Politico' bu 'Veymar uchburchagi'ning 2023-yil dekabrida Tusk hukumat rahbari lavozimini

11 Apr 13:56
 
18
0
qalampir.uz

Agar Tehron hujum qilsa, Isroil Eronga zarba berishi aytildi

Eron tomoni hujum qilsa, Isroil Eronga zarba beradi. Bu haqda Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats X ijtimoiy tarmog‘ida Eron diniy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning akkauntini belgilagan holda ibroniy va fors tillarida post qoldirdi. "Agar Eron bizga o‘z hududidan hujum qilsa, biz javob beramiz va Eronga hujum qilamiz", deb yozgan u. Ma’lumot uchun, 1 aprel kuni Isroil Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havodan hujum uyushtirdi. Hujum oqibatida Eron inqilob

11 Apr 13:56
 
23
0
qalampir.uz

Irlandiya tarixidagi eng yosh Bosh vazir saylandi

Kecha, 9 aprel kuni Saymon Xarris mart oyida kutilmaganda iste’foga chiqqan Leo Varadkarning o‘rniga Irlandiyaning eng yosh hukumat rahbari bo‘ldi. Bu haqda “The Guardian” xabar beradi. Irlandiya Vakillar palatasi a’zolari Saymon Xarrisni mamlakatning yangi Bosh vaziri etib saylash uchun ovoz berdi. Xarrisning nomzodini Vakillar palatasidagi 160 deputatdan 88 nafari qo‘llab-quvvatladi, 69 nafari qarshi chiqdi.  Endi 37 yoshli Xarrisning nomzodini mamlakat Prezide