calendar 24 Jan 06:21
eye 10
comments 0
comments Manba: xs

Yosh stol tennischimiz Fransiyadagi xalqaro musobaqada shohsupaga koʻtarildi

image

Fransiyada stol tennisi boʻyicha “ITTF World Hopes Week & Challenge 2023” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan yosh sportchimiz Arujan Kamalova bronza medaliga sazovor boʻldi.

Guruh bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan Kamalova chorak finalda mezbon sportchini magʻlubiyatga uchratdi. Biroq yarim finalda tailandlik raqibasiga imkoniyatni boy berib qoʻydi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa eronlik sportchidan ustun kelib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Ushbu natijasi bilan hamyurtimiz musobaqaning mart oyida Singapurda oʻtadigan navbatdagi bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Feb 17:01
 
50
0
qalampir.uz

Usik va Fyuri o‘rtasidagi jang bekor qilindi. Jalolov ham ringga chiqmaydi

Joriy yilning 17 fevral kunida Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda super og‘ir vazn toifasidagi jangchilar britaniyalik Tayson Fyuri va ukrainalik Aleksandr Usik o‘rtasidagi mutlaq chempionlik uchun jang o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Jangga 2 hafta qolganida Fyuri qoshidan jiddiy jarohati borligini ma’lum qildi. Dastlab, tashkilotchilar jang kuni Usikka boshqa raqib topib berish borasida ish olib borishlari ma’lum bo‘ldi, biroq biroz vaqt o‘tib turnir butunlay bekor qilindi.

08 Feb 18:15
 
52
0
qalampir.uz

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Osiyo chempioni bo‘ldi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. Kun dasturida Sarvarbek Zafarjonov 2 ta medalni qo‘lga kiritdi. -89 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sarvarbek Zafarjonov dast  ko‘tarishda 167 kg og‘irlikni o‘ziga bo‘ysundirib oltin medalga sazovor bo‘ldi. Siltab ko‘tarishda esa -195 kg.lik toshni ko‘tarishni uddalagan Zafarjanov ikki kurash natijalariga ko‘ra umumiy 362 kg natija bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

31 Jan 20:12
 
47
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda MMA bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkaziladi

Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi (IMMAF) prezidenti Kerrit Braun shuningdek, Bosh ijrochi direktori Densin Uayt hamda tashkilotning Osiyo qit’asi direktori Vissam Abi Nader aralash jang san’atlari bo‘yicha Jahon chempionati  Markaziy Osiyo davlatlari orasida ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilishini e’lon qildi. Kecha, 30 yanvar kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘t

31 Jan 13:42
 
43
0
qalampir.uz

Tojikiston terma jamoasi 450 ming dollar bilan taqdirlandi

Futbol bo‘yicha Tojikiston terma jamoasi Osiyo kubogining 1/8 finalida guruhdan chiqqani va g‘alaba qozongani uchun 450 ming dollar oldi. Bu haqda Tojikiston futbol federatsiyasi (TFF) prezidenti Rustami Imomali o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, chorak finalda Iordaniya termasi ustidan g‘alaba qozongan taqdirda, terma jamoa yana 200 ming dollar bonus oladi.  “Rustami Imomali buyrug‘iga ko‘ra, guruhdan chiqqanidan so‘ng Tojikiston terma