calendar 05 Dec 12:20
eye 16
comments 0
comments Manba: xs

Tanzila Narbayeva BMT Bosh kotibi oʻrinbosari, BMTning Jeneva shahridagi boʻlinmasi bosh direktori Tatyana Valovayani qabul qildi

image

Bugun, 5-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva BMT Bosh kotibi oʻrinbosari, BMTning Jeneva shahridagi boʻlinmasi bosh direktori Tatyana Valovayani qabul qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻrtasidagi koʻp qirrali faol va samarali hamkorlikka oid muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekistonning mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb masalalarni hal qilish borasidagi saʼy-harakatlari, mamlakat Prezidenti tomonidan xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari boʻyicha ilgari surilgan tashabbuslar BMT tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda. Bu, oʻz navbatida, ushbu nufuzli tuzilma bilan munosabatlar izchillik kasb etayotganini anglatadi.

Senat Raisi T.Narbayeva keyingi yillarda Oʻzbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilganini, Oʻzbekiston BMT Nizomi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa yirik xalqaro shartnomalarning maqsad va tamoyillariga sodiqligini namoyon etib, oʻz majburiyatlarini soʻzsiz bajarib kelayotganligini taʼkidlab oʻtdi. BMT institutlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan dastur va loyihalar doirasidagi asosiy ustuvor yoʻnalishlar, oʻz navbatida, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasining maqsad va vazifalariga toʻla mos kelishi alohida qayd etildi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va BMT oʻrtasida samarali hamkorlikning turli yoʻnalishlari, jumladan, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yuzasidan fikr almashildi. Xususan, Barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasi tuzilgani, ularning bajarilishi boʻyicha hukumatning faoliyati yuzasidan muntazam nazorat olib borilishi taʼkidlab oʻtildi.

Oʻz navbatida, BMT Bosh kotibi oʻrinbosari Tatyana Valovaya Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlarni qayd etib, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda qonunchilikni doimiy takomillashtirish orqali amalga oshirish muhimligini, bunda parlament asosiy hal qiluvchi omil ekanini taʼkidladi.

Muloqot davomida inson huquq va erkinliklarini, gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarning teng huquqliligi va imkoniyatlarini kengaytirish masalalari eʼtibor markazida boʻldi.

Uchrashuv yakunida tomonlar tizimli muloqotni davom ettirish hamda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni kengaytirishga kelishib oldilar.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Feb 05:00
 
34
0
xs.uz

O‘zbekiston va Belarus yetakchilari o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi kun tartibini belgilab oldilar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada hamda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o'tkazdilar.Davlatimiz rahbari uchrashuvni ochar ekan, keyingi yillarda O'zbekiston va Belarus o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlar sifat jihatidan yangi, yanada yuqori bosqichga ko'tarilganini alohida ta'kidladi.Belarus Prezidentining ushbu tashrifiga tayyorgarlik doirasida qator tadbirlar, shu jumladan Hukuma

04 Feb 22:05
 
41
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi: Ziyoratchilarning bir qismi qaytarildi, qolgan fuqarolarimiz ham yaqin fursatlarda Vatanimizga yuboriladi

' Soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda Umra amalini bajarish uchun Makka va Madina shaharlariga kelgan va Vatanimizga qaytish bilan bogʻliq muayyan qiyinchiliklarga duch kelgan oʻzbekistonlik ziyoratchilar haqida maʼlumotlar tarqalmoqda, ' deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida. ' Taʼkidlash joizki, yurtdoshlarimizning safarlari xususiy sayyohlik kompaniyalari tomonidan tashkil etildi. Mazkur holat aviaqatnovlarni amalga oshirishdagi texnik nosozliklar, shuningdek, turistik kompaniya

08 Feb 05:01
 
48
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Belarus Prezidentlari “Humo Arena” majmuasida xokkey oʻyinini tomosha qildilar

Sport majmuasida Belarus yetakchisini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.Muz saroyidagi ushbu uchrashuv chuqur ramziy maʼnoga ega. Aleksandr Lukashenko ' xokkey ishqibozi, Belarusda ushbu sport turini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratdi, oʻz ham bir necha bor muz maydoniga tushgan.Oʻzbekistonda ham sportning qishki turlari, shu jumladan xokkeyni rivojlantirish boʻyicha katta ishlar qilinmoqda. 2019-yilda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 'Humo Arena' k