calendar 05 Dec 11:32
eye 15
comments 0
comments Manba: qalampir

Amazon va Apple Twitter'dagi reklamalarini qayta tikladi

image
image

Amazon va Apple Twitter'da reklama qilishni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Reuters" axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Twitter tomonidan reklama agentliklarining elaktron pochta manziliga xat yuborilgan. Ularga platformada reklama xarajatlarini ko'paytirish uchun taklif bildirilgan. Ilon Mask Twitter'ni sotib olgach, ko'plab yirik kompaniyalar ushbu ijtimoiy tarmoqqa reklama berishdan chekindi. Reklama agentliklariga yuborilgan xat Maskning navbatdagi katta biznesini boshlash yo'lidagi ilk urinishidir.

Reklama beruvchilarga yuborilgan xabarda avvallari 1 millon dollarga tushadigan reklama xarajatlari 500 ming dollarga pasayishi mumkinligi aytilgan. Yaʻni Twitter'da reklama berish xarajatlari arzonlashadi. Bu faqat eng katta reklama beruvchilar uchun rag'batdir. 

"Platformer News" muxbirining yozishicha, Amazon Twitter'da yiliga taxminan 100 million dollarga reklama berishni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Biroq "Reuters" agentligiga ushbu masaladan xabardor manbaning aytishicha, Amazon hyech qachon Twitter'ga reklama berishni to'xtatmagan.

"Bloomberg" hisobotiga ko'ra, Apple Twitter'dagi eng yirik reklama beruvchi hisoblanadi va platformaga Apple'ning reklamalari to'liq qayta boshlagan.

Ilon Mask Twitter'ni sotib olgach, ishchilarning deyarli 50 foizini ishdan bo'shatdi. Bu esa yirik reklama beruvchilarni tashvishga soldi. Natijada noyabr oyi oxirida Twitter'ning daromadlari pasaygani maʻlum bo'ldi.

Avvalroq Apple bosh direktori Tim Kuk Twitter'ni App Store ilovasidan olib tashlashni rejalashtirmaganiga kompaniya bosh direktori Ilon Maskni ishontirgani haqida xabar berilgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:08
 
34
0
qalampir.uz

Ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatildi

Ilk marta odamga gadjetlardan fikrlar yordamida foydalanish imkonini beruvchi Neuralink neyrochipi o‘rnatildi. Bu haqda amerikalik milliarder Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. “Kecha birinchi odam Neuralink'dan implant oldi va yaxshi tiklanmoqda. Dastlabki natijalar asabiy tirqishlarni aniqlashning istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi”, deb yozgan u. Maskning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot “Telepatiya” deb nomlanadi va birinchi navbatda oyoq-

11 Apr 13:57
 
38
0
qalampir.uz

Ilon Maskning kompaniyasi AQSH razvedkasi uchun josuslik tarmog‘ini yaratmoqda

Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasi Amerika razvedkasi bilan maxfiy shartnoma doirasida yuzlab josuslik sun’iy yo‘ldoshlari tarmog‘ini qurmoqda. Bu haqda kecha, 16 mart kuni manbalarga tayanib, "Reuters" xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya 2021 yilda Pentagon qoshidagi AQSH Harbiy kosmik razvedka milliy boshqarmasi bilan imzolagan 1,8 milliard dollarlik shartnomaga asosan Starshield (foydalanuvchilarga internetga kirishni ta’minlab beruvchi bo‘lim) tarmoqni

07 Mar 20:08
 
43
0
qalampir.uz

Xitoylik olimlar Ilon Maskni ortda qoldirdi

Xitoyning Tsinghua universitetida falaj bo‘lgan odamning harakatini tiklashga yordam beruvchi miya chipi ishlab chiqildi. Bu haqda “South China morning post” nashri xabar berdi.  Bildirilishicha, ushbu simsiz miya-kompyuter interfeysi bemorga protez qo‘l bilan narsalarni ushlash imkonini beradi. Qurilma o‘tgan yilning oktyabr oyida falajlikni boshidan o‘tkazgan bemorni reabilitatsiya qilishda ishlatildi hamda sezilarli yutuqlar qayd etildi. Universitetning tadqiqot gu

11 Apr 13:57
 
30
0
qalampir.uz

Amerikalik talabalar tarakanni kiborgga aylantiradigan qurilma yasadi (video)

AQSHda universitet talabalari tarakanlarni kiborgga aylantirish uchun maxsus qurilma ishlab chiqdi va ushbu to‘plamlarni savdoga chiqardi. Bu haqda “Backyard brains” nashri xabar berdi. Bildirilishicha, qurilma hasharotning ustiga yopishtiriladi. So‘ngra u buyruq bo‘yicha razryadlarni yuboradi. Bu esa tarakanning harakatlarini boshqarish imkonini beradi. Uskuna ulanganidan so‘ng, bir necha daqiqa hasharotning moslashishini kutish kerak bo‘ladi. So‘ngra uni chap